«Vijdon erkinligi, diniy erkinliklar böyiça Özbekistonning yutuqlarini e'tirof etişimiz kerak. Şu örinda bir tendensiyaga töxtalib ötmoqçiman. Bizda 2100ta islomiy taşkilot, islomiy bölmagan 191ta diniy taşkilot bor. Boşqa dinlarga e'tiqod qiladigan diniy ozçilikka mansublar soni 1,5 millionga yetadi. Ular ham Özbekiston fuqarolari.
Vijdon erkinligi nafaqat islom dini bilan boğliq bölgan huquqlarni, balki islomiy bölmagan qatlamning huquqlarini ham ta'minlaşni anglatadi va bu – davlat sifatida oldimizda turgan eng katta vazifalardan bittasi. Çunki vijdon erkinligi huquqi bu konstitutsiya böyiça hamma fuqarolarga berilgan.
Bitta raqamni aytaman: Özbekistonning 4000 nafar fuqarosi – islomiy bölmagan diniy taşkilotlar a'zosi. Yoki köplarining umuman dinga bölgan munosabati boşqaça, yöq heç qanaqa munosabat. Töğri, bu narsa biz özbeklarga yoqmasligi mumkin, lekin bu – töğridan-töğri qonunda yozilgan kafolat. Şuning uçun Adliya vazirligi sifatida huquqiy nuqtayi nazardan aytişimiz kerakki, bitta dinning ikkinçi dinga nisbatan heç qanday adovati bölmasligi kerak.
Bizda missionerlik faoliyati, prozelitizm bejiz taqiqlanmagan. Nima uçun bunday qilingan? Birinçidan, bu diniy bağrikenglik, tolerantlik bölişi uçun qilingan. Ikkinçidan, kimningdir diniy qaraşlarini ikkinçi odamga tazyiq orqali singdirişiga umuman yöl qöyilmaydi va davlat sifatida biz buni ta'minlab berişimiz kerak. Çunki çet elliklar ham özaro suhbatlarimizda şu haqda aytişadi.
Özbekiston xalqining 90 foizi musulmon, musulmonlarning diniy haq-huquqlarini ta'minlaş böyiça köplab erkinliklar berildi. Bilasizlar, «ibodat libosi» deb qança çalkaşliklarga yöl qöyilgandi, [römol yoki hijobda] jamoat joyida yuriş böyiça qanday muammolar bor edi, ma'muriy javobgarlikka tortilardi... Hozir bular köpçilikning esidan çiqib ketgan, lekin yaqin tariximizda şu muammolarning barçasi bor edi. Bugun bu muammolar yöq.
Şu bilan birga, boşqa yönalişlarda ham biz umuman dunyoviy davlat nuqtayi nazaridan ana şu huquqlarni ta'minlab berişimiz şart va albatta Adliya vazirligi mana şu dunyoviylik prinsipi böyiça har bir şaxsning diniy huquqlarini, şaxsiy huquq va erkinliklarini ta'minlaş böyiça işlarini davom ettiradi», – deya Ruslanbek Davletovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












