Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” farmon imzoladi.

Farmon bilan bir guruh fuqarolar mamlakat iqtisodiy qudratini mustahkamlash va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun taqdirlandi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador” faxriy unvoni bilan

  • Ismoilov Faxriddin Tursunovich – Oltinko‘l tumanidagi “Baxt imkon rivoj chorvasi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Andijon viloyati

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi” faxriy unvoni bilan

  • Hamidov Musurmon – Nurota tumanidagi “Nurota agropilla” MChJ pillachisi, Navoiy viloyati
  • Choriyeva Jumaxol Qurbonovna – Bandixon tumanidagi “Bandixon agropilla” MChJ pillachisi, Surxondaryo viloyati

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor” faxriy unvoni bilan

  • Kodirov Baxtiyor Abdusalomovich – Mingbuloq tumanidagi “Baxtiyor Abdusalomovich” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Namangan viloyati

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni bilan

  • Alixonov Boriy Botirovich – Oliy Majlis Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi
  • Mirzayeva Oyistaxon Mamajonovna – Izboskan tumanidagi “Gulzor pari” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Andijon viloyati
  • Novitskiy Zinoviy Bogdanovich – O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator” faxriy unvoni bilan