Özbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik xizmati jurnalist Bobomurod Abdullayevning Qirğizistondan Özbekistonga ekstraditsiya qilinişi holati böyiça ma'lumot berdi.

“22 avgust kuni Özbekiston Respublikasi DXX Tergov boşqarmasi tomonidan Qirğiziston Respublikasidan Özbekiston fuqarosi, 1973 yilda tuğilgan Bobomurod Qodiroviç Abdullayev ekstraditsiya qilindi va uning advokati iştirokida hamda qonunda közda tutilgan barça protsessual huquqlar ta'minlangan holda tegişli tergov harakatlari amalga oşirildi.

Bobomurod Abdullayevning onasi Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevga murojaat qilgani inobatga olinib, Abdullayevdan ehtiyot çorasi sifatida munosib xulq-atvorda böliş töğrisida tilxat olindi”, deyiladi DXX rasmiy bayonotida.

DXX matbuot xizmati taqdim etgan videolavhada Bobomurod Abdullayevning prezident Şavkat Mirziyoyevga murojaati aks etgan.

Abdullayev murojaatida Bişkekdan Toşkentga olib kelinişi jarayonida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari unga insoniy munosabatda bölişganini ta'kidlaydi.

Uning sözlariga köra, Abdullayevning onasi Özbekiston prezidentiga murojaat qilgan.

“Onam sizga taqdirimdan xavotir olib murojaat qilgan ekan. Şu onaizorning murojaatini yerda qoldirmay körib çiqibsiz. Sizdan Alloh rozi bölsin, kattadan-katta rahmat, hurmatli Şavkat Miromonoviç”, deydi Bobomurod Abdullayev.

Abdullayev Özbekiston prezidentining insonparvarlik yönalişida olib borayotgan siyosati albatta öz mevasini berişiga işonç bildirgan hamda onasining va özining murojaatini inobatga olgani uçun minnatdorlik bildirgan.