Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) savdo va iqtisodiy maqsadlarni közlamoqda, deya hisoblaydi Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktorining örinbosari Sanjar Valiyev.
«Men taşkilot siyosiylaşgan xarakterga ega, degan fikrga qöşilmayman», - dedi u Kun.uz muxbirining savoliga javoban.
Uning sözlariga köra, har bir taşkilot özining asosiy vazifalarini belgilaydigan fundamental nizom hujjatlariga ega. Ulardan kelib çiqsa, YeOIIda kapital, tovarlar va xizmatlar, şuningdek, mehnat resurslarining erkin harakatlanişini ta'minlaş böyiça maqsadlar qöyilgan. «Bu taşkilotning asosiy maqsadlari. Bu maqsadlar qançalik siyosiy ekani - ikkinçi masala», - deya ta'kidlab ötdi Valiyev.
«YeOII iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirişga qaratilganidan kelib çiqsak, unda bu, umuman olganda, siyosiy maqsaddir. Ammo bundan çetga çiqmaslik kerak, çunki taşkilot siyosiy sammitlarni ötkazmaydi, xalqaro vaziyat yoki muayyan mintaqadagi xavfsizlik muammolarini muhokamaga olib çiqmaydi. Har doim savdo-iqtisodiy masalalar muhokama qilinadi», - dedi ekspert.
Bundan oldin, Milliy tiklaniş demokratik partiyasi rahbari Alişer Qodirov Kun.uz’ga bergan intervyusida YeOII «nomigagina iqtisodiy, ortida esa siyosiy maqsadlar yaşiringan ittifoq» ekanini ma'lum qilgandi.
«Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi – qisqa davr uçun iqtisodiy manfaatlarga tayangan va uzoq davr uçun esa siyosiy manfaatlarga tayangan ittifoq.
Yaqin oylarda ma'lum bölgan va jarayonlari ança vaqtdan buyon davom etayotgan bu urinişlar Özbekistonni Markaziy Osiyoning yuragi, köpgina davlatlar bilan çegaradoş va geopolitik murakkab örnini hisobga olgan holatda bölmoqda.
Özbekistonning ittifoqqa kirişiga undalişi, uni a'zolikka tortişga nisbatan bölayotgan harakatlarda birinçi navbatda öşa a'zolarning manfaatlari turibdi. Buni keskinroq tarzda ikkinçi SSSR desa ham böladi», - dedi Qodirov.
Avvalroq, Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev Özbekiston milliy manfaatlarga raxna soluvçi heç qanday şartnomaga qöl qöymasligi haqida aytgandi.

















