Qashqadaryoda ota farzandlarini o‘ldirish bilan tahdid qildi. Vaziyat shoshilinch chora ko‘rishni taqozo qilmoqda
Kun.uz saytiga ota ikki nafar voyaga yetmagan o‘g‘illarini haqoratlab, o‘ldirish bilan qo‘rqitayotgani aks etgan videomaterial kelib tushdi. Holat Qarshi shahri Kamandi mahallasida sodir bo‘lgan.
Audio va videomateriallardan anglash mumkinki, oilada er-xotin o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqan. Ota o‘g‘illarini kurakda turmas so‘zlar bilan haqoratlab, urib, go‘yoki ularning onasiga saboq berib qo‘ymoqchi bo‘ladi. Natijada, farzandlar jabr ko‘rib, ruhiy zarba olmoqda.
«O‘ldirib tashlayman, oyoq-qo‘llaringni sindiraman», deya o‘g‘illariga tahdid qiladi ota. U bolaga qarata: «Men bilan o‘lishni xohlaysanmi? Uyga benzin sepaman va bitta sigaret chekaman, hammasi tamom», deya tahdid qiladi.
Audioda bolalarning chinqiriq ovozda dodlashi, yig‘lashidan ayovsiz kaltaklanayotganini eshitish mumkin. Bolalarning kattasi 12, kichigi 11 yoshda ekanligi aytilmoqda.
Kun.uz farzandlarini tahqirlayotgan otaning kimligi va yashash manzili haqida ma'lumotlarga ega. Vaziyat tezkorlik bilan tegishli tashkilotlar tomonidan nazoratga olinishi, otaning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilib, bolalar xavfsizligi ta'minlanishini kutib qolamiz.
Mavzuga oid
11:02 / 15.12.2024
Taxtiqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
18:04 / 06.11.2024
Taxtiqoracha dovonida Cobalt’ni tosh bosib qoldi. Qurbonlar bor
18:06 / 17.10.2024
Qashqadaryoda sudya yordamchisi o‘zini ishdan bo‘shatgan sud raisi ustidan shu sudga da’vo kiritdi
13:07 / 09.07.2024