Murojaat matni uyuşma matbuot xizmati tomonidan Kun.uz`ga ham taqdim etildi. Unda aytilişiça, ayni kunlarda ba'zi hududlardagi tadbirkorlarga nisbatan sun'iy tösiqlar köpaymoqda.

«Tadbirkorlar manfaatlari nuqtayi nazaridan bu haqda batafsil ma'lum qilmoqçiman.

Ma'lumki, karantin çeklovlariga qaramay, Respublikamizning barça hududlaridagi YPX maskanlari, blok va tösiq postlarda «Yaşil yölak» dasturi amal qilmoqda.

Unga köra, tadbirkor va eksportçilar hokimiyatlar tomonidan berilgan röyxat böyiça yuqoridagi maskanlardan tösiqsiz harakatlanişini kerak.

Ammo, şu kunlarda uyuşmamizga juda köp sonli murojaatlar kelib tuşmoqdaki, bu murojaatlarning aksariyatini vodiy viloyatlaridagi tadbirkorlar yuborişmoqda.

Bu kabi e'tirozlarning aksariyatini esa YPX maskanlari, blok va tösiq postlardagi tösiqlar yoki huquq-tartibot organlari tomonidan tadbirkorlarning harakatlanişiga tösiqlar qöyilayotgani taşkil qiladi.

Biz uyuşma ştat birliklaridan kelib çiqqan holda xodimlarimizni şu kabi tösiqlar kuzatilayotgan nuqtalarga yubormoqdamiz. Örganişlarda körinyaptiki, hukumat tomonidan tadbirkorlarga yengillik sifatida berilgan «Yaşil yölak» dasturi barça joyda ham töğri işlamayapti.

Masalan, Farğona viloyatida tadbirkorlarga berilgan şu kabi maxsus ruxsatnomalarni tan olmaslik haqida hokimlik qarori çiqarilgan.

Jumladan, Farğona viloyat hokimi örinbosari F. Qosimov tomonidan imzolangan 166/0149-sonli yiğiliş bayoni (2020 yil 21 iyul) şu maqsadni közda tutadi. Ya'ni hokim örinbosarining bu qarorida koronavirus tarqalişining oldini oliş maqsadida mahalliy hokimliklar tomonidan tadbirkorlarga berilgan har qanday ruxsatnomalarni bekor qiliş topşirilgan.

Şu qaror tufayli bugungi kunda farğonalik eksportçi taşkilotlar va tadbirkorlar yöllarda erkin harakatlana olişmayapti. Tabiiyki, bu orqali eksport hajmi ham tuşib bormoqda.

Hozir pişiqçilik davri va tadbirkorlarimiz uçun ayni hosilni yiğadigan va içki hamda taşqi bozorga sotadigan payt.