UzAuto Motors dekabr oyining ikkinchi yarmida 2024 yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan ommabop avtomobillar uchun onlayn kontraktatsiya ochishni rejalashtiryapti. Aniq sana kompaniyaning rasmiy sahifalarida alohida e’lon qilinadi.
Narxlar quyidagicha bo‘ladi:
- Cobalt - 124 mln 264 ming so‘mdan;
- Damas - 93 mln 156 ming so‘mdan;
- Labo - 93 mln 771 mln so‘mdan.
“Ommabop avtomobil modellarini xarid qilish uchun shartnomalar berish boshlangan kunlarda, kontraktatsiyani avtosalonlardan emas, balki faqat onlayn tarzda UzAutoSavdo ilovasi va savdo.uzavtosanoat.uz veb-sayti orqali rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, UzAuto Motors shartnoma berishning to‘liq onlayn shakliga o‘tishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. Qachondan bu tartibning joriy etilishi hozircha noma’lum.











