Xususan, “Globogate concept AG” taşkiloti bilan 500 nafar Özbekiston fuqarolarini 10 oylik dastur asosida Germaniya va Yevropaning boşqa davlatlariga vaqtinçalik mehnat faoliyatiga jalb qiliş böyiça ikkita loyiha amalga oşirilmoqda.

Birinçi loyihada hamşiralarni tayyorlaş, nemis tiliga öqitiş va “Asklepios” tibbiyot muassasasiga mehnat faoliyatiga jalb qiliş va ikkinçi loyihada umumiy kasalliklar hamşiralarini tayyorlaş, nemis tiliga öqitiş va “Aachen Universitätsklinikum” tibbiyot muassasasida iş bilan ta’minlaş közda tutilgan. Ularni amalga oşiriş maqsadida “Globogate concept AG” taşkiloti va iş beruvçilar tomonidan 3 bosqiçli tanlov taşkil etilgan.

Şuningdek, Germaniyaning “Duvenbeck” taşkiloti bilan imzolangan hamkorlik şartnomasiga asosan yuk taşiş avtomobili haydovçilarini kasbiy ta’lim böyiça öqitiş va Germaniyaga işga jalb qiliş böyiça kelişuvga erişildi. Uşbu kelişuv doirasida joriy yil fevral-mart oylarida taşkil etilgan tanlovlarda muvaffaqiyatli ötgan 16 nafar fuqarodan 7 nafari Germaniyaga yuborildi.

Bundan taşqari, Germaniyaning “Counsalting.uz” taşkiloti tomonidan “Europa park” istirohat boğida işlaş uçun tanlab olingan 32 nafar fuqaroga işçi vizasi rasmiylaştirilib, joriy yil aprel-may oylarida Germaniyaga yuborildi. Şu bilan birga, Germaniyaning “GfM Gruppe” taşkiloti bilan hamkorlik doirasida esa 4 nafar fuqaro “Deutsches Rotes Kreuz” taşkilotida dual tizim asosida, ya’ni bir vaqtning özida işlaş asosida kasbiy ta’lim oliş uçun jönatildi.

Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning “SPA GmbH” kompaniyasi 100 nafar Özbekiston fuqarolarini Germaniya hududida dual tizimi asosida kasb-hunarga öqitiş va tibbiyot, qariyalarni parvariş qiliş, metall konstruksiyalari hamda boşqa texnik sohalarda işga joylaştiriş böyiça kelişuvga erişgan. Uşbu kelişuvga muvofiq, metall konstruksiyalari hamda boşqa texnik sohalarda işga joylaştiriş uçun ötkazilgan onlayn tanlovda muvaffaqiyatli ötgan 10 nafar fuqaro uşbu mamlakatga yuborildi.















