Joriy yildan Koreya Respublikasiga mehnat qiliş uçun ketayotgan fuqarolar uçun yangi tartib joriy etilmoqda. Bu haqda Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari Kun.uz'ga ma'lum qildi.

Avvaldan belgilangan tartibga köra, fuqarolar va koreyalik iş beruvçilar örtasida 4 yilu 10 oy muddatga möljallangan mehnat şartnomasi tuziladi. Biroq barça mehnat migrantlari ham bu muddat oxiriga qadar iş joylarida qolişayotgani yöq.

«Ba'zi fuqarolarimizning şartnomadagi iş joyiga va oylik maoşiga qanoatlanmay, işdan ketib qoliş hollari kuzatilmoqda. Vaholanki, bir joyda mehnat qilsa, maoş ham muttasil oşib boradi. Bunday munosabat ikki davlat örtasidagi hamkorlikka salbiy ta'sir körsatişi mumkin», - dedi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari Ravşan Ibragimov.

Avvalgi qoidalarga binoan, agar mehnat muhojirlari Koreyada şartnomasini bekor qilib, iş joylarini özgartirişsa, 1000 AQŞ dollari miqdoridagi bir martalik jarima tölaşga majbur bölişardi. Endilikda bunday holatlar kuzatilganda xodim şartnoma muddati oxiriga qadar qolgan har oy uçun 1500 AQŞ dollar miqdorida jarimaga tortiladigan böldi.

Ma'lumot uçun, Koreya Respublikasiga Özbekistondan taşqari yana 15 ta davlat öz fuqarolarini mehnat qiliş uçun yuboradi. Agentlik rahbarining ta'kidlaşiça, yangi tartib mazkur davlatlar tajribasini örgangan holda joriy qilinmoqda. Xususan, Vetnam xuddi şunday vaziyatlar uçun 3000 dollarlik jarima belgilagan.