26 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi "Rossiyada iş" ("Rabota v Rossii") portalida "Agentlik şaxsiy kabineti" quyi tizimining rasmiy oçiliş marosimiga bağişlangan matbuot anjumanini ötkazdi. Unda RFning Mehnat va bandlik federal xizmati rahbari örinbosari Mixail Yureviç Ivankov, "Rostrud" vakillari va Rossiyaning Özbekistondagi elçixonasi xodimlari iştirok etişdi. 

Foto: Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi

Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 5 aprelda Rossiya Federatsiyasiga davlat taşrifi davomida imzolangan RF hududida vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun Özbekiston Respublikasi  fuqarolarini taşkiliy jalb etiş va işga qabul qiliş töğrisidagi bitim şu yilning 21 dekabridan kuçga kirdi. Uşbu bitim işçi  kuçi migratsiyasi jarayonlarini tartibga soliş va kelgusida şu sohada huquqiy nazoratni yanada takomillaştiriş, şuningdek RF hududida vaqtinçalik mehnat faoliyati bilan şuğullanayotgan migrantlarning huquq va qonuniy manfaatlarini muhofaza qiliş zaruratidan kelib çiqqan holda işlab çiqilgan. 

Joriy yilning 2 noyabrida Rossiya Federatsiyasi hukumat raisi D.M.Medvedevning Özbekistonga taşrifi doirasida Agentlik hamda Mehnat va bandlik federal xizmati ("Rostrud") örtasida axborot almaşiş töğrisidagi bitim imzolangan. Unga muvofiq, "Rossiyada iş" ("Rabota v Rossii") portalida "Agentlik şaxsiy kabineti" quyi tizimini işlab çiqiş va işga tuşiriş böyiça zarur çora-tadbirlar amalga oşirildi. 

Tadbirda ma'lum qilinişiça, şaxsiy kabinetning quyi tizimida rossiyalik iş beruvçilar, böş iş örinlari, nomzodga qöyiladigan talablar, iş haqi kabi qator ma'lumotlar örin olgan. Bundan taşqari, işçi örinlar soni, imtiyoz va bonuslar, ijtimoiy paket va boşqa ma'lumotlar batafsil taqdim etiladi. 

Mehnat migrantlariga qulaylik yaratiş maqsadida portalda ijtimoiy xarita berilgan bölib, unda tanlangan iş joyi atrofidagi infratuzilmalar haqida ma'lumot oliş mumkin. Deylik, Rossiyaga oila a'zolaringiz bilan birga ketgansiz, farzandingizni boğça yoki maktabga joylaş uçun iş joyingiz yaqinidagi boğça va maktablar haqida ma'lumot olişingiz mumkin. 

Şu bilan birga, "Rostrud"ga murojaatlarni yöllaş, ma'lumot almaşiş imkoni mavjud. Ta'kidlaş joizki, iş beruvçi va mehnat migranti örtasidagi şartnoma RFga jönab ketişdan avval elektron imzo orqali tuziladi. 

Tadbir yakunida Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boşliğining birinçi örinbosari X.Asomov ikki tomonlama uçraşuvlarni yilda bir marta emas, ikki marta yoki har çorakda ötkaziş taklifini berdi va bu Rossiya vakillari tomonidan qöllab-quvvatlandi.