Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda AI-80 markali benzinni AI-92 yoki AI-95 deb sotayotgan AYoQShlar aniqlandi
Andijon shahri va Andijon tumanidagi 17 ta AYoQShdan olingan namunalarning 7 tasida oktan sonlari me’yorga mos kelmasligi aniqlandi.
Andijon viloyatidagi AYoQShlarga 500 tonna AI-80 markali benzin olib kelingan bo‘lishiga qaramay, haydovchilar tomonidan ushbu markadagi benzin yetishmayotgani haqidagi murojaatlar ko‘paygan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hozirda viloyat hokimi va mutasaddilar tomonidan vaziyatni o‘rganish va shoxobchalarni tekshirish ishlari boshlangan.
«Bu bo‘yicha ishchi guruh tashkil qilingan. Andijon viloyatida joylashgan AYoQShlarda sotilayotgan mahsulotlardan namunalar olinyabdi. AI-80 markali benzin AI-92 yoki AI-95 deb sotilayotganligi haqidagi e’tirozlar ko‘p. Ishchi guruh tomonidan joriy yilning 14-15 dekabr kunlari namunalar olingan. Xususan, 14 dekabrda olingan 17 ta namunadan 7 tasida aktan miqdori sotilayotgan markaga to‘g‘ri kelmagani aniqlandi. Maskur holatlar Andijon shahri va Andijon tumanidagi «zapravka»larda kuzatildi, chunki dastlabki o‘rganishlar shu hududlardan boshlangandi», deydi «Energiyainspeksiya» Andijon hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sirojiddin Muxtorov.
Avvalroq, oktabr oyida 6 million 105 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:42
O‘zbekistonda benzin narxi Markaziy Osiyoda eng yuqori ekani ma’lum bo‘ldi
08:58 / 09.07.2026
Qrimda AI-95 benzini narxi 92 foizga oshdi
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
22:18 / 05.07.2026