Kun.uz muxbiri vaziyat bilan tanişiş maqsadida Çiroqçi tuman hokimligidan 75 km uzoqlikdagi Eski Anhor tibbiy yordam punktiga bordi.

«Bu punkt hududdagi Ayritom, Obodon va Paxtalisoy mahalla fuqarolar yiğinlari aholisiga xizmat körsatib kelmoqda, — deydi filialdagi tez tibbiy yordam bölimi boşliği Toşturdi Fozilov. — 1987 yilda şifoxona sifatida qurilgan uşbu maskan 2015 yilda Kökdala 2-sonli şifoxona filialiga aylantirilgan».

Toşturdi akaning aytişiça, ayni paytda filialda 4 ta bölim mavjud: Tez yordam, tuğruq, ambulator davolaş va kattalar-bolalar terapiya bölimlari. U rahbarlik qilayotgan tez tibbiy yordam bölimida 1 nafar şifokor, 9 nafar feldşer, 5 nafar haydovçi, 11 nafar dori tayyorlovçi, 13 nafar farroş, 8 nafar dispetçer, 4 nafar navbatçi şifokor faoliyat yuritmoqda. 1 ta «Damas» rusumli avtomaşina mavjud.

Ma'lum bölişiça, filialda faqatgina şifokor Lola Oçilova boşçiligidagi tuğruq bölimidagina bemor qabul qiliş imkoniyati mavjud. Boşqa bölimlar talabga javob bermaydi — ta'mirtalab holda. Ambulator davolaş bölimi xodimlari soat 15:00 dan keyin işda yöq bölganligi tufayli ularni köriş imkoniyati bölmadi. Kattalar va bolalar bölimi esa şoşilinç yordamga muhtoj ahvolda.

«Men nafaqadaman, — deydi Bahri Bekmurodov. — 23 ming atrofidagi aholiga şu filial xizmat körsatmoqda. Ayritom qişloği bilan filial orasidan tezyurar poyezd ötganligi sababli bizning qişloqqa tez yordam maşinasi köpinça keç boradi. Dorixona esa umuman yöq».

«Filialda bitta avtomaşina bölib, xizmat qiladigan hududimiz juda katta. Filial 30x25 kilometr diametr maydonda 2008 yilda ajratilgan «Damas» bilan xizmat körsatmoqdamiz, — deydi haydovçi Odir Ortiqov. — Kamiga poyezd ötayotganida 40 daqiqa atrofida yöl berkilib qoladi. Maşina eskiligi sababli yölda buzilişi ham köp. Pul deyarli ajratilmayapti. Öz hisobimizdan ta'mirlayapmiz. 10 martalab murojaat qilganimizga qaramay, natija yöq. Holbuki, qariyb Qarşi şahri bilan teng maydonga xizmat qilyapmiz».