Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerika biznesi Rossiyadan butunlay chiqib ketishi mumkin
Rossiyadagi Amerika kompaniyalarining ishi to‘liq to‘xtatilishi mumkin. Bu haqda Rossiyadagi Amerika savdo palatasi (AmCham) rahbari Aleksis Rodzyanko ma'lum qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.
«Kompaniyalarning asosiy tashvishi - bu sanksiyalar, biroq bu nafaqat hozir amalda bo‘lganlari, balki bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha sanksiyalar tahdidi. Sanktsiyalar Amerikaning barcha kompaniyalarini Rossiyadan ketishga majburlamoqda, sababi ular bank tizimlari bilan ishlash, temir yo‘llar orqali tashish va gaz xarid qilishni taqiqlaydi, ya'ni Rossiyada ishlab chiqarish umuman imkonsiz narsaga aylanmoqda», - deya ma'lum qildi u.
Rodzyankoning aniqlik kiritishicha, «bu hozircha faqatgina tahdid, biroq u mavjud va so‘roq ostida turibdi». Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda «biznes ishlash va o‘sishda, hattoki Rossiyaga sarmoya kiritishda davom etmoqda».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Buyuk Britaniyani masxara qilayotgani aytilgandi.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026