15 ta tijorat banki Toşkentdagi 100 ta mahallada kutubxona taşkil etiş harakatini boşladi. Kutubxonalar 1 maydan boşlab ketma-ket işga tuşiriladi.
Bu haqda ma’lum qilgan prezident maslahatçisining örinbosari Timur Işmetovning sözlariga köra, banklar “Kutubxonaçi qiz” Telegram-kanali muallifi Şahnoza Navrözova Buxoro viloyatining Olot tumanida kutubxona oçganidan ilhomlanib, bu taşabbusga qöl urgan.
Kun.uz avvalroq Şahnoza Navrözova bilan suhbat e’lon qilgan edi.

Işmetovning ma’lum qilişiça, Toşkentda boşlanayotgan loyihaga “Mahalla kutubxonasi” deya nom berilgan.
“Ular mahalla uçun ommabop maskanga aylanadimi? Kelajakda ularning sonini köpaytirib, yagona tarmoqqa birlaştiriş mumkinmi? Ularning uzluksiz işlaşi, kitoblar bilan töldirib turilişi qanday taşkil qilinadi? Uşbu savollar javobi ustida boş qotiramiz, hozirça boşlayveraylik”, – deya yozdi u X tarmoğida.
Loyiha doirasida Sanoatqurilişbank 15 ta, Milliy bank 14 ta, Xalq banki 10 ta, Hamkorbank 8 ta, Ipak yöli banki 8 ta, Davrbank 7 ta, Oriyent Finans Bank 6 ta, Trastbank 6ta, Turonbank 6 ta, Aziya Alyans Bank 5 ta, Asakabank 4 ta, Biznesni rivojlantiriş banki 3 ta, Infinbank 3 ta, Mikrokreditbank 3 ta, Aloqabank 2 ta mahallada kutubxona oçmoqda. Prezident maslahatçisi örinbosari buning uçun ularga minnatdorlik bildirgan.

“Jarayonni kuzatib, kutubxonalar işga tuşgaç, ularning xizmatidan foydalanib, öz fikringizni bildiring (kutubxonalarning aksariyati mahalla binolarida joylaşmoqda)”, – deya jamoatçilikka murojaat qildi Timur Işmetov.
U banklar tomonidan kutubxona taşkil etilayotgan mahallalarning tumanlar kesimidagi röyxatini ham keltirib ötdi:












