2023 yil 15 dekabrdan 16 dekabrga ötar keçasi Yangi Namangan tumanida yaşovçi oilaning tört nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov ma’lum qildi.
1975 yilda tuğilgan M.M, uning turmuş örtoği 1982 yilda tuğilgan K.K. hamda ularning farzandlari - 2004 yilda tuğilgan M.M. va 2009 yilda tuğilgan X.M. oşxonadagi gaz plita orqali rezina şlang bilan peçkaga ulanib, gaz isi çiqişi oqibatida zaharlanib vafot etgan.
Qayd etilişiça, ularning ölim sabablarini aniqlaş maqsadida sud-tibbiy va boşqa turdagi tegişli ekspertizalar tayinlangan. Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Farğona viloyati Özbekiston tumanida bir oilaning tört nafar a’zosi, erk xotin va ularning ikki nafar qizi is gazidan zaharlanib vafot etgandi.
















