«Ajoyib inson, kamtar va bilimli rahbar Bahodirbek Mullaxonov mehnat faoliyati davomida xalq xöjaligining turli sohalarida sidqidildan mehnat qilgan. Xususan, yurtimizda bank-moliya sohasining rivojlanişida uning munosib xizmatlari borligini soha xodimlari yaxşi bilar va çuqur qadrlar edi.
U Toşkent viloyati hokimligida işlagan nisbatan qisqa muddatda köplab ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oşirişga boşçilik qilgan, hamkasblari örtasida ardoqli ustoz va döst sifatida katta hurmat qozongan edi.
Bahodirbek Mullaxonovning oila a'zolari, yaqinlari va safdoşlariga çuqur ta'ziya bildiramiz. Hamkasbimiz va döstimiz ajoyib inson Bahodirbek Mullaxonovning yorqin xotirasi qalbimizda bir umr saqlanib qoladi», deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.
Bahodir Mullaxonov 2015 yildan «Qişloq quriliş bank» aksiyadorlik tijorat banki boşqaruvi raisi sifatida işlagan, 2020 yilning fevralida Toşkent viloyati hokimi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.
- Ma'lumot uçun, pandemiya davrida hududiy rahbarlar orasida bir neça ölim holatlari qayd etildi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi, senator Musa Yerniyazov, Buxoro viloyati hokimi Karim Kamalov, boş vazir örinbosari Öktam Barnoyev koronavirus tufayli vafot etgan.
- Iyul oyida Qoraqalpoğiston Respublikasi Qonliköl tumani hokimi Daulet Tolibayev koronavirus qurboni bölgandi. 8 sentabr kuni Qaşqadaryo viloyatining Mirişkor tumani hokimi Ğayrat Begaliyev va uning örinbosarlaridan biri koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi.
- Sentabr oyi boşida Kattaqörğon tumani prokurori Oybek Xöjayev vafot etgandi.
- 29 sentabr kuni Andijon viloyatidagi Xonobod şahri hokimi Musaxon Mamadaliyev vafot etgani ma'lum böldi.
- 7 oktabr kuni Namangan viloyati hokimi örinbosari Bahromjon Nurmatov hamda Andijon viloyati Oltinköl tumani hokimi Nazirjon Örinboyev kasallik oqibatida olamdan ötgani xabar qilindi.
- 19 oktabr kuni esa Samarqand viloyati va Qöşrabot tumanining sobiq hokimi, sönggi yillarda Kattaqörğon tumani hokimi lavozimida işlab kelgan A'zamxon Bahromov 60 yoşida vafot etdi.














