Toşkent viloyati hokimining uç nafar yangi örinbosari tayinlandi.

Bahodirbek Mullaxonoviç Mullaxanov Toşkent viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bahodirbek Mullaxonov / Toşkent viloyati hokimligi

U bu lavozimda 2017 yildan buyon işlab kelgan va bugun Toşkent tumani hokimi lavozimiga ötkazilgan Odilxon Rustamov örnini egalladi.

  • Bahodirbek Mullaxonov 2015 yildan buyon «Qişloq quriliş bank» aksiyadorlik tijorat banki boşqaruvi raisi sifatida işlab kelayotgandi.

Şuhrat Jöraboyeviç Hakimov esa Toşkent viloyati hokimining kapital quriliş va kommunikatsiya masalalari böyiça örinbosari etib tayinlandi.

Şuhrat Hakimov / Toşkent viloyati hokimligi

Şuhrat Hakimov mazkur lavozimga ötgunga qadar Vazirlar Mahkamasida departament mudiri vazifasida işlagan.

Şuningdek, polkovnik Ilhomboy Xudoybergenov viloyat hokimining örinbosari - Toşkent viloyati Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi.

Ilhomboy Xudoybergenov / Toşkent viloyati hokimligi

Bundan oldinroq viloyatning törtta tumanida - Böka, Bekobod