18 yanvar kuni Boş prokuraturada boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev raisligida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça Respublika Idoralararo komissiyasining kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi.

Videoselektor tarzida ötkazilgan yiğilişda oliy ta'lim sohasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş ahvoli va qonuniylikni ta'minlaşga doir masalalar muhokama qilindi. Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev kun tartibidagi masala yuzasidan ma'ruza qildi.

Boş prokuror öz ma'ruzasida oliy ta'lim sohasida korrupsiya tarqalgan yönalişlarni sanab ötdi.

Jumladan, korrupsiya holatlari, asosan, talabalik safiga qabul qiliş, öqiş jarayonida topşiriladigan turli sinovlar, talabalarning bitiruv malakaviy işi yoki magistrlik dissertatsiyasini tayyorlaş va himoya qiliş, magistraturaga qabul, şuningdek, talabalarning öqiş joyini köçiriş, öqiş yönalişini özgartiriş hamda öqişga qayta tiklaşda korrupsiya holatlari kuzatilayotganligi körsatildi.

Yiğilişda sönggi ikki yilda tizimdagi 326 nafar xodim ta'lim jarayoni bilan boğliq jinoyatlari uçun javobgarlikka tortilganligi, ularning 220 nafari kollej va litseylarga, 106 nafari oliy öquv yurtlariga töğri kelişi tanqid ostiga olindi.

Institut va universitetlarning jinoyat sodir etgan xodimlaridan 3 nafarini rektorlar, 5 nafarini prorektorlar, 15 nafarini dekan va dekan örinbosarlari, 62 nafarini öqituvçilar taşkil etadi.

Kollej va litseylarda esa, 34 nafar direktor, 31 nafar direktor örinbosari, 94 nafar öqituvçi jinoyatga qöl urgan.

Ta'kidlab ötiş joizki, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça Respublika Idoralararo komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan yiğilişiga, soğliqni saqlaş sohasi böyiça yiğilişdan farqli ölaroq, ommaviy axborot vositalari xodimlari, xususan, internet naşrlar vakillari çaqirilmadi.