Bugun, 2 noyabr kuni «Özbekkino» milliy agentligida Badiiy kengaş yiğilişi bölib ötdi.
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, unda «Özbekkino» tomonidan davlat buyurtmasiga asosan suratga olingan badiiy filmlarning davlat va nodavlat telekanallaridagi namoyişi masalasi muhokama qilingan.

Yiğilişda jumladan, xususiy studiyalar tomonidan suratga olingan filmlarning amaldagi qonun hujjatlari talablariga zid ravişda davlat va nodavlat telekanallari orqali namoyiş etiş, agentlik va film mualliflari bilan kelişilmagan holda ayrim muhim epizodlarni kesib taşlanayotganligi keskin tanqid qilindi.
Xususan, «Özbekkino» milliy agentligi direktori örinbosari, yiğiliş olib boruvçisi Şuhrat Rizayevning aytişiça, sönggi vaqtlarda şunga öxşaş holatlar yuzasidan kinorejissyor va ijodkorlarning e'tirozlari ham ortib bormoqda.
«Davlat va nodavlat telekanallarimizda mualliflik huquqi tuşunçasi şunçalik qadrsizki, ular kinoijodkorlar tomonidan oylar, yillar davomida ter tökib işlangan filmlarni istaganiça, xohlagan joyidan qirqib efirga beraveradi.
Birorta filmni körmaymizki, u töliq efirga berilgan bölsa. Yöq, albatta qayerigadir qayçi urişadi, qayerinidir olib taşlaşadi yoki titrlarni kesişadi.
Mana şunday qisqartirişlar, kesişlar tufayli filmlarimizning ğoyaviy va badiiy saviyasiga putur yetmoqda.
Şuningdek, davlat va nodavlat telekanallarida namoyiş etilayotgan filmlarning (multfilmlar, hujjatli filmlar va rangli filmlar) ayrimlari muayyan şartnoma asosida berilgandir, ammo köpçiligi sof qaroqçilik yösinida foydalanilmoqda», deydi u.

Mavzu yuzasidan söz olgan kinorejissyor Zulfiqor Musoqov fikriça, «Özbekkino» tomonidan tasdiqlangan va davlatning mulki bölgan filmlarning qöpol ravişda kesib taşlanişi – kulgili mantiqsizlikdir.
«Biror filmim yöqki, u kesilmagan bölsa, hatto «Vatan»dan ham köplab epizodlarni kesib taşlaşdi.
Yaqinda oçilgan Özbekiston tarixi telekanalida «Berlin-Oqqörğon» filmim namoyişini körib rosti, yiğladim. Bilasizmi, filmning bor mazmunini oçib beradigan kadrlar yöq.


















