GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalni zaharlaş uçun qöllangan modda uning qizi çamadonida bölgan. Bu haqda Telegraph gazetasi maxsus xizmatlardagi manbalarga tayangan holda xabar qilmoqda.

Manbalar söziga köra, ayolning qandaydir buyumi – kiyimi yoki kosmetikasi modda bilan töyintirilgan bölgan. Bu aynan qayerda yuz bergani esa noma'lumligiça qolmoqda.

Turli xabarlarga köra, britaniyalik tergovçilar Skripal zaharlangan modda turini 96 foizlik ehtimol bilan töğri topişgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi elçixonasi Skripal işi böyiça bayonot bergandi.