O‘zbekistonliklarga Kanadada ishlash imkoni yaratilishi mumkin
Bandlik vaziri Behzod Musayev Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi Alam Xemson bilan o‘zbekistonliklarni Kanada mehnat bozoriga jalb qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev hamda Kanadaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Alam Xemson o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda Kanada bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zbekistonlik fuqarolarni Kanada mehnat bozoriga jalb qilish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralar olib borilgan.
«Ikki davlatning xususiy rekruting kompaniyalari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish, fuqarolarni Kanadaga yuborish va viza olish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Kanada O‘zbekistonda viza markazi ochishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mehnat migratsiyasini diversifikatsiya qilish bo‘yicha so‘nggi bir haftadagi boshqa yangiliklar:
Mavzuga oid
17:26
Rossiyaning Voronej oblastida migrantlarga yana bir necha sohada ishlash taqiqlandi
16:57 / 01.01.2025
1 yanvardan chet elliklarning Rossiyaga kirish qoidalari kuchaytirildi
20:54 / 30.12.2024
Putin noqonuniy migrantlarga Rossiyani tark etish uchun muhlat berdi
21:45 / 29.12.2024