2024 yilda Koreyaga işga yuboriş uçun ilk bor 100 ming nafar özbekistonlik tanlovlarga jalb qilinadi, deya xabar berdi Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi.
Koreya Respublikasi Ye-9 vizasi asosida quyidagi sohalarda xorijda işlaş istagida bölgan Özbekiston fuqarolarini tanlovlarga jalb qiladi:
- işlab çiqariş sohasida – 22 ming 248 nafar;
- qişloq xöjaligi sohasida – 6 ming 858 nafar;
- xizmat körsatiş-2 (mehmonxona va oşxona işlari) sohasida – 5 ming 403 nafar (asosan ayollar uçun);
- quriliş sohasida – 2 ming 898 nafar.
Dastlabki röyxatdan ötiş 2023 yil 8-14 fevral kunlari amalga oşiriladi. Nomzodlar yuqoridagi sohalardan faqat bittasini tanlaşi mumkin böladi.
Oylik maoşlar örtaça 2000-2500 ming dollarni taşkil etişi aytilmoqda.
Ma’lum qilinişiça, Koreyada işlaş istagidagi nomzodlar uçun Özbekistonning barça hududlaridagi “Işga marhamat” monomarkazlarida koreyalik öqituvçilar tomonidan koreys tili kurslari taşkil etilgan.
Qayd etilişiça, Ye-9 va boşqa işçi vizalari asosida tanlovlar 2024 yil davomida taşkil etilişi rejalaştirilmoqda. Natijada yil yakuniga qadar 100 mingga yaqin Özbekiston fuqarolari tanlovlarga jalb etiladi.
Avvalroq Bandlik vazirligi huzuridagi Migratsiya agentligi Germaniyaga 50 ming nafar özbekistonlik işlaş uçun yuborilişi haqida e’lon bergan edi.

















