Tarmoqlarda Uçtepa tumanining Şirin çorrahasida suv quvurlari yorilib, köçalarda suv toşayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Unda suv tobora köpayib, kölmakka aylanib borayotgani körinadi.

Uçtepa tumani hokimiyatiga köra, haqiqatan ham Şirin çorrahasidagi issiq suv quvurlarida muammo yuzaga kelgan. Uy-joy kommunal xizmat körsatiş va obodonlaştiriş masalalari böyiça hokim örinbosari Aziz Naimovning Kun.uzʼga ma’lum qilişiça, 5- va 9-qozonxona magistral quvurlari bosim ostida tekşirilayotgan vaqtda quvurlar yorilgan.

“Aynan sinov vaqtida yorilgan. Hozirda nosozlik joyi aniqlangan, bartaraf etiş çoralari körilmoqda. Suv töxtatilgan”, – deydi u.

Eslatib ötamiz, yaqinda Yunusoboddagi suv ötkazgiç tarmoğida ham nosozlik kuzatilib, köçalarni suv bosgandi. Öşanda “Özsuvta’minot” quvur yorilişi oqibatida 80-85 ming kub metr içimlik suv yöqotilganini ma’lum qilgandi.