Şahar hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, Samarqand şahridagi Çöpon ota suv inşootidan kelayotgan diametri 1000 millimetrlik katta bosimdagi markaziy suv quvurida favqulodda nosozlik yuzaga kelgan
Şu sababli Zarafşon, Andijon, Usta Umar Jöraqulov, Panjikent, Sözangaron, Navoiy, Sadriddin Ayniy, Amir Şohmurod, Registon, Termiz, Universitet xiyoboni, Orzu Mahmudov, Özbekiston, Firdavsiy, Abdurahmon Jomiy, Amir Temur, Mirzo Uluğbek, Akbar Otaxöjayev, Bobur Mirzo köçalari va uşbu köçalarga tutaş mahalla va hududlarda vaqtinça içimlik suv töxtatilgan.
Samarqand suv ta’minoti şahar filialining xabar berişiça, favqullodda yuz bergan nosozlik mutaxassislar tomonidan bartaraf etilmoqda.
Içimlik suv ta’minoti töxtagan hududlarga “Samarqand suv ta'minoti" AJ şahar filiali tomonidan maxsus texnikalar bilan yetkazib berilmoqda.
Qayd etilişiça, suv ta’minoti qaçon tiklanişi böyiça qöşimça ma’lumot beriladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda nosozlik yuz bergan hududda köçalar tölib suv oqayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Ularda suvning bosimi juda yuqoriligini köriş mumkin.

















