Adliya vazirligi xodimi hamkasbiga tuhmat qilishda gumonlanib qamoqqa olingani ma’lum bo‘ldi
Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi sobiq bosh maslahatchisi Husan Ravshanov 2 oy oldin qamoqqa olingan. Kun.uz manbasiga ko‘ra, u Facebook'da begona ism-sharif bilan akkaunt ochib, Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ini korrupsiyada ayblash orqali unga tuhmat qilganlikda gumonlanyapti.

Foto: Adliya vazirligi
40 yoshli Husan Ravshanov 3 fevral kuni qo‘lga olingan va unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Kun.uz ixtiyoridagi dastlabki tergov hujjatlaridan ko‘rinishicha, Facebook ijtimoiy tarmog‘ida “Sanjar Karimov” nomli akkaunt egasi 2022 yilning 18 aprel kuni o‘z sahifasida maqola e’lon qilgan. Maqolada 2019 yilning yanvar oyidan 2022 yilning aprel oyiga qadar Andijon viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan, hozirda Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlayotgan Abdumutalib Dadajonov pora berishda dalolatchilik qilganlikda ayblangan.
2022 yil 3 may kuni ham “Sanjar Karimov” nomli akkaunt egasi Facebook'da Abdumutalib Dadajonovni og‘ir jinoyat, ya’ni takroran pora olishda ayblagan. Tergov bu ayblovlarni tuhmat deb hisoblamoqda.
Olib borilgan tergov harakatlari davomida Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bosh maslahatchisi Husan Ravshanovning xizmat xonasidagi foydalanuvida bo‘lgan kompyuterda yuqoridagi holatlarga aloqador mazmundagi fayllar borligi aniqlangan. 3 fevral kuni Ravshanov Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida tergovga jalb qilinib, JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan.
Tergov Husan Ravshanovni “Sanjar Karimov” nomli akkauntning egasi deb hisoblayapti. Uning harakatlari Jinoyat kodeksining 237-moddasi (yolg‘on xabar berish) 2-qismi “g” bandi bilan qo‘shimcha malakalangan. Ma’lumot uchun, bu band bo‘yicha aybdor deb topilganlarga 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Kun.uz'da mavjud hujjatlardan ko‘rinishicha, Husan Ravshanov ishi Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i yoki Kompromat.uzb ishiga aloqador emas.
4 aprel kuni Adliya vazirligi holat yuzasidan quyidagicha qisqa axborotni e’lon qildi:
“Sobiq xodim X.R. hamkasblari sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib kelganligi holati aniqlanib, materiallar tegishli huquqni muhofaza qilish idoralariga yuborilgan va hozirda unga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilinadi”.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida
O‘zbekiston | 02:22
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
Mavzuga oid

11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi

10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi

16:09 / 18.03.2025
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:18 / 07.03.2025