O‘zbekistondagi eng katta harbiy poligon foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasidagi eng katta poligon – Markaziy harbiy okrugga qarashli “Kattaqo‘rg‘on” dala-o‘quv maydoni foydalanishga topshirildi.

Ushbu dala-o‘quv maydonining ochilish marosimida mudofaa vaziri, general-mayor Bahodir Qurbonov, Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i, general-mayor Pavel Ergashev, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Oybek Saidov, “O‘zbekiston Qahramoni”, Nuroniy jamg‘armasi Samarqand viloyati bo‘limi raisi Hasan Normurodov, faxriylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tumandagi maktab o‘quvchi yoshlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Dala-o‘quv maydoni chinakam ma'noda askar akademiyasidir. Chunki poligonda harbiy xizmatchi nazariy bilimlarini amaliy sinovdan o‘tkazadi. Shu bois, vatan himoyachilarining ham ma'nan, ham ruhan, ham jismonan tayyorgarligi oshishida, jangovar shayligining rivoj topishida poligonlarning o‘rni muhimdir.
Marosimda so‘z olgan mudofaa vaziri dala-o‘quv maydoni qurilishida jonbozlik ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Bu kabi poligonlar yurtimiz himoyasi uchun bel bog‘lagan asl o‘g‘lonlar uchun malaka va tajriba orttirish maydoni bo‘lishini ta'kidladi.
Poligon qurilishida o‘z vatanparvarligini ko‘rsatgan bir guruh harbiy xizmatchilar mudofaa vaziri tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Ochilish marosimidan keyin mudofaa vaziri general-mayor B.Qurbonov boshchiligida zamonaviy dunyo talablariga mos keladigan o‘quv sinflari, tibbiyot punkti, yotoqxonalar, oshxona, sport zali, madaniyat markazi hamda jangovar texnikalar va avtomobillar turarjoylari ko‘zdan kechirildi. Askar va ofitserlar oshxonasi ko‘zdan kechirilayotgan pallada uning bugungi kunda shahar markazlarida urf bo‘lgan “Milliy taomlar”dan kam emasligi alohida ta'kidlandi.





Poligon infratuzilmasidan so‘ng navbat dala-o‘quv maydonini nazardan o‘tkazishga keldi. O‘zbekistondagi eng katta poligon chindan ham dunyo standartlariga to‘la-to‘kis javob beradi. Unda bir vaqtning o‘zida barcha turdagi jangovar texnikalarni qo‘llagan holda o‘quv-mashg‘ulotlarini olib borish imkoniyati yaratilgan.
O‘tkazilgan amaliy o‘quv mashg‘ulotlarida harbiy xizmatchilar zamonaviy poligonda yaratilgan o‘quv joylarida bilim va ko‘nikmalarini namoyish qilishdi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQShga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi
Jamiyat | 09:36
-
Rossiyaning Odessaga zarbasi: kamida ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi
Jahon | 09:14
-
Toshkentda Lixiang va Cobalt to‘qnashishi oqibatida 2 kishi jarohatlandi
Jamiyat | 09:07
-
Kiyev va Vashington Ukrainani tiklash uchun investitsiya fondi tuzmoqda
Jahon | 09:01
Mavzuga oid

18:20 / 28.04.2025
Qirg‘iziston Rossiyadan S-300 zenit-raketa komplekslarini oldi

08:43 / 25.04.2025
Qozog‘istonda Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rilayotgani rad etildi

00:22 / 25.04.2025
Niderlandiya qiroli mamlakatni «tish-tirnog‘igacha qurollantirishga» chaqirdi

08:30 / 07.04.2025