COVID-19 odamdan hayvonga yoki uy hayvonidan odamga yuqishini tasdiqlovchi ma'lumot yo‘q – Otabekov
«Uy hayvonlarida ham koronavirus alomatlariga o‘xshash kasalliklar uchrab turadi, lekin hozirga qadar COVID-19 odamlardan hayvonlarga, hayvonlardan odamlarga o‘tganini tasdiqlovchi hech qanday ma'lumot yo‘q».

Foto: AFP
Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusning uy hayvonlariga yuqish-yuqmasligi masalasida ma'lumot berdi.
«Koronavirus kasalligining qo‘zg‘atuvchilari qirqdan ko‘proq bo‘lsa ham, undan faqat 7tasigina odamlarda kasallik chaqira oladi. Ularning 4tasi butun dunyoda uchrab turadi va shamollashning belgilari singari namoyon bo‘ladi. Ularning ikkitasi odamlar uchun juda xavfli deb baholangan. Bular: SARS-CoV-1 va SARS-CoV-2 (COVID-19).
Agarda uyingizda boqayotgan itingiz yoki mushugingizda odamlarda kuzatilayotgan koronavirus kasalligi klinikasiga o‘xshash belgilar paydo bo‘lsa, zinhor buni COVID-19 deb o‘ylamang. Itlarda ham, mushuklarda ham gripp, paragripp, mushuklar O‘RS (mushuk astmasi) kuzatilishi mumkin.
Uy hayvonlarida ham ba'zan u yoki bu parazitar kasalliklar natijasida o‘pka yallig‘lanishi (pnevmoniya), o‘pka va yurak yetishmovchiligi, dirofilyarioz kasalligining (gelmintozlar chaqiradigan parazitar kasallik) yurak shakli ham uchraydi. Lekin COVID-19 odamlardan hayvonlarga, uy hayvonlaridan odamlarga o‘tganini tasdiqlovchi hech qanday ma'lumot yo‘q», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq virusning asl tashuvchisi ko‘rshapalaklar bo‘lib, kemiruvchilar yoki boshqa ba'zi turdagi hayvonlar oraliq turdagi tashuvchi vazifasini bajargan bo‘lishi mumkinligi, Uxandagi hayvon bozori virus hayvonlardan odamga yuqqan hududga aylangani haqida fikrlar o‘rtaga tashlangandi.
Fevral oyida Xitoy hukumati COVID-19 xastaligini keltirib chiqaruvchi koronavirus epidemiyasining oldini olish maqsadida, yovvoyi hayvonlar go‘shtini sotish va yeyishni taqiqlagan, aprelga kelib Xitoyda it va mushuklarni yeyish taqiqlangandi.
Xitoylik olimlar o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, mushuklarga koronavirus yuqishi mumkinligi aniqlangan. Ammo virusning mushukdan odamga yuqishi haqida tasdiqlangan ma'lumotlar yo‘q.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston Pokiston samolyotlari uchun havo makonini yopdi
Jahon | 01:55
-
YeChL. "Barselona" ikki marta kambek qilib, "Inter"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Sport | 01:53
-
Google Play’dan 1,6 mln ilova o‘chirib tashlandi
Fan-texnika | 01:40
-
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda
Jahon | 01:15
Mavzuga oid

17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror

17:37 / 31.01.2025
“Bu ma’lumotni berib borishimiz kerak” – Nurmat Otabekov havo ifloslanishidan erta ogohlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish haqida

18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV

16:06 / 07.06.2024