Islom dinida har bir iş Qur'oni karim va sunnati nabaviya ta'limoti asosida amalga oşiriladi. Şunga binoan, Islom dinining jamiyatdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamning huquqlari masalasiga munosabati ham şu ikki manbada öz ifodasini topgan. Ijtimoiy himoya deganda avvalo, aholi orasida iqtisodiy jihatdan qiynalgan, özining ehtiyojini qoplaş imkoniyatiga ega bölmagan fuqarolarga moddiy va ma'naviy kömak beriş tuşuniladi. Şu ma'noda, Qur'oni karim va hadisi şarifda ijtimoiy himoyaga naqadar katta e'tibor qaratilganini körişimiz mumkin. Özbekiston Musulmonlar idorasining rasmiy saytida e'lon qilingan maqolada şu haqda söz yuritiladi.
Qur'oni karimda “faqirlik” va “faqirlar” lafzi moddiy ma'noda 13 marta takrorlangan. Bularning ba'zisi barçaning Alloh taologa faqir (muhtoj) ekanini bayon qilsa, ba'zilari şaytonning odamlarga faqirlikni va'da qilişini bayon qiladi, boşqalari esa faqirlarga molning ma'lum bölagidan sadaqa berişga buyuradi. “Boylik” va “boylar” lafzi 26 marta kelgan. Bundan 21 tasi Allohning behojat zot ekanini ta'kidlasa, 5 tasi insonlarning sifati ma'nosida vorid bölgan. “Miskin” lafzi köplik va birlik siyğalarida 33 marta takrorlangan. “Soil” (tilamçi) lafzi 4 marta kelgan va uning barçasida ularga sadaqa berişga buyurilgan.
Iqtisodiy jihatdan “zaiflar” lafzi 4 marta zikr qilingan va unda zaiflardan muayyan majburiyatlarni soqit qiliş va ulardagi zaiflik sabablarini bartaraf etiş haqida gapirilgan. Iqtisodiy jihatdan “mahrum” lafzi 2 marta kelgan va ikkisida ham boylarning molida ularning ham haqi borligi ta'kidlangan.
Barça turdagi muhtojlarning nasibasi bor bölgan “zakot” lafzi 32 marta takrorlangan. Gohida zakot lafzining ma'nodoşi, gohida esa nafl sadaqaning ma'nodoşi sifatida keladigan “sadaqa” lafzi 16 marta kelgan, uning hammasi ham sadaqa berişlikka undagan va buyurgan. Muhtojlarga moliyaviy yordam körsatiş örinlarida kelgan “ehson” lafzi 63 marta zikr qilingan. “Alloh yölida infoq qiliş” jumlasi 70 marta vorid bölgan.
Yuqoridagi raqamlarni jamlab çiqsak, Qur'oni karimda ijtimoiy himoya mavzusida 263 ta örinda söz yuritilgani ma'lum böladi.
Hadisi şarifda ijtimoiy himoya masalasiga oid hadislarni tahliliy hisob-kitob qilib çiqiş muşkul iş. Çunki bir tomondan hadis kitoblarining xilma-xilligi bölsa, ikkinçi tomondan rivoyatlarning takrorlanişi natijasida aynan öxşaş hadislar ham takrorlanib kelgan. Lekin şunga qaramay, kompyuter xotirasiga kiritilgan ön beşta hadis kitoblarini közdan keçirib çiqiş natijasida uşbu mavzuga oid sözlar 157 marta vorid bölganini köriş mumkin va ularning aksarida faqirlarga xayrixohlik qiliş töğrisida söz yuritiladi.
Mavzuga oid
Musulmonlar, avvalambor, har bir narsani Alloh taolo yaratgan va tasarruf qiliş uçun bandalarni tayinlagan, degan tuşunçaga suyanadi. Şuning uçun bandalar qöllariga töplangan mollarning haqiqiy egasi bölgan Zotning buyruqlari va körsatmalariga böysunişi lozim böladi.
Alloh taolo Qur'oni karimda bunday bayon qiladi: «Alloh senga ato etgan narsa bilan oxiratni istagin va dunyodan bölgan nasibangni ham unutmagin. Alloh senga ehson qilgani kabi sen ham (odamlarga) ehson qil! Yerda buzğunçilik qilişni istama! Çunki Alloh buzğunçilarni suymas» (Qasas surasi, 77-oyat).
Uşbu oyatdan har bir narsaning haqiqiy egasi Alloh taolo ekani va U bizlarni Özi belgilab bergan me'yorga muvofiq iş yuritişimizga buyurgani ma'lum böladi. Bu me'yor oxiratda Allohning roziligini topiş umidida bu dunyoda unga itoat qilişdir. Ibodatlarni töla ado etiş, xayr sadaqa va zakot beriş şu itoatlar jumlasidan. Alloh taolo boylarga yaxşilik tariqasida bergan moldan muhtojlarga ehson qilişga buyurişi esa öşa mol Allohniki ekanini eslatişdir.
Alloh taolo Qur'oni karimda şu haqni faqir va muhtoj bandalariga berişga buyuradi. Faqir va miskinlar boylardan sadaqalarni olişni or deb bilmasligi uçun muhtojlarning moldagi nasibalarini ularning haqlari deb ta'kidlaydi. Negaki, ular Qur'on oyatiga binoan öz haqlarini xuddi şerikçilik orqali topilgan daromaddagi öz uluşlarini olgandek qabul qilişi lozim böladi.
Islomda faqirlik muammosini hal qilişda avvalo, öşa faqirlarni mehnat qilişga, biror bir kasb-hunar bilan şuğullanişga tarğib qiliş, dangasalikdan qoçişga çaqiriş bilan erişiladi. Çunki mehnat qiliş bu asosiy vazifa hisoblanadi. Biroq, jamiyatda mehnatga yaramaydigan yoki munosib iş topa olmayotgan yoxud işi bor-u, biroq undan oladigan daromadi ehtiyojini qoplaşga yetmaydigan ijtimoiy himoyaga muhtoj kişilarga nisbatan ham Islom dini öziga xos tarzda rahnamolik qilişga yöllaydi.
Masalan, zakot, yaqin qarindoşlarga berilişi vojib bölgan nafaqa, nafl sadaqa, xayriya, vaqf işlari, nazrlar, kafforatlar, qöşnilar haqi, mehmondorçilik haqi, muhojirlar haqi, yetimlarga ğamxörlik qiliş, tilamçilar (soil) haqi, davlat tomonidan ijtimoiy ta'minot uçun ajratadigan haqlari şular jumlasidandir.
Dinimiz uçta asosiy qism – e'tiqod, şariat va axloqdan taşkil topgan bölsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj kişilarga rahnamolik qiliş ana şu qismlarning har biri bilan çambarças boğliqdir. E'tiqod va imon bilan boğliqlik jihati Alloh taolo hamma narsaning egasi degan aqidaga tayanadi. Albatta, Alloh bandasiga qölidagi molidan bir qismini muhtojlarga berişni amr qilgan. Mömin kişi esa öz aqidasiga sodiq qolgan holda uşbu buyruqni amalga oşiradi.
Onamiz Oişa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Yon qöşnisi oç ötirganini bila turib qorni töq yotgan kişi mömin emas”, dedilar (Imom Hokim rivoyati).
Ijtimoiy himoyaning şariat bilan boğlikligi Islomning arkonlaridan biri bölmiş zakotda yaqqol namoyon böladi.
Alloh taolo zakot olişga haqli bölgan kişilarni Qur'oni karimda birma-bir bayon qilgan: «Albatta, sadaqalarni faqat faqirlar, miskinlar, unda (sadaqa işida) işlovçilar, dillari oşna qilinuvçi (kofir)lar, (pul tölab ozod etiluvçi) qullar, qarzdorlarga va Alloh yölida hamda yölovçiga (musofirga beriş) Alloh (tomoni)dan farz (etildi). Alloh ilmli va hikmatli zotdir» (Tavba surasi, 60-oyat).
Ijtimoiy himoyaning Islomning axloqiy jihati bilan boğlikligini boşqa sadaqalar borasida köriş mumkin.
«Ular (hozirda öz zimmalariga olgan) nazrlarini ado qilurlar va yomonligi (dahşatlari) keng yoyiluvçi kundan qörqurlar. Taomni esa suyub tursalar-da, (özlari yemasdan) miskin, yetim va asirlarni yedirurlar. (Ular ayturlar): “Bizlar sizlarni faqat Alloh “yuzi” uçun taomlantirurmiz. Sizlardan (bu iş uçun) biror mukofot va minnatdorçilik kutmasmiz» (Inson surasi, 7-9-oyatlar).
Şuni ham aytib ötiş joizki, Islomdagi ijtimoiy himoya faqat moddiyat bilan çeklanib qolmaydi, balki ijtimoiy va ruhiy qöllab-quvvatlaş bilan ham öziga xosdir.
Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Birodaringning yuziga tabassum bilan boqişing ham sadaqa, yaxşilikka buyurişing ham sadaqa, yomonlikdan qaytarişing ham sadaqa, yöldan adaşgan kişini töğri yölga solib yuborişing ham sadaqa, közi ojiz kişiga yordam berişing ham sadaqa, yölni yuzida yotgan toşni, tikanni, suyakni çetga olib qöyişing ham sadaqa, çelagingdagi suvdan birodaringni çelagiga quyib berişing ham sadaqadir” (Imom Termiziy rivoyati).
Şuningdek, Islom dinida betob kişilarni ziyorat qiliş, tanigan va tanimaganga salom beriş, hatto insonni sönggi yölga kuzatiş, ya'ni janozasida iştirok etiş, uning yaqinlariga ta'ziya bildiriş borasida ham yetarli körsatmalar berilgan va bu amallar uçun uluğ savoblar va'da qilingan. Bularning barçasi insonlarning köngliga xursandlik kiritadigan, ijtimoiy aloqani yana ham mustahkamlaydigan islomiy fazilat sanaladi.
Ayni paytda Islom dinida muhtojga yordam qölini çözişdan qoçiş, bundan böyin tovlaş qattiq qoralanadi. Quyidagi hadisdan şu ma'noni anglaş mumkin.
Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilib aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Qiyomat kuni Alloh azza va jalla aytadi: “Ey Odam bolasi! Men betob böldim, sen esa meni körgani kelmading!” Banda aytadi: “Ey Rabbim! Sen olamlarning rabbisi bölsang, men seni qanday körgani boraman?” U aytadi: “Falon bandam bemor bölganini bilib turib, uni körgani bormading. Agar uni körgani borganingda, öşa yerda meni topgan bölar eding”. Keyin yana aytadi: “Ey Odam bolasi! Sendan taom söradim, sen esa bermading”. U aytadi: “Ey Rabbim! Sen olamlarning rabbisi bölsang, men seni qanday taomlantiray?” U deydi: “Falon bandam sendan taom söraganda sen bermading. Agar berganingda öşa savobni hozir şu yerda topgan bölar eding”. Yana deydiki, “Ey Odam bolasi! Men sendan suv söradim, sen bermading”. U aytadi: “Ey Rabbim! Sen olamlarning rabbisi bölsang, senga qanday qilib suv beray?” U deydi: “Falon bandam sendan suv söradi, sen bermading. Agar berganingda öşa savobni meni huzurimdan topişingni bilmasmiding?” (Imom Muslim rivoyati).
Islomda ijtimoiy himoya nafaqat mömin-musulmonlar örtasida bölişi, balki bu imtiyozdan ğayridinlar ham foydalanişi, musulmon jamiyatida yaşayotgan boşqa din kişilariga ham ğamxörlik qilinişi lozimligi ta'kidlangan.
Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarining birida marhamat qilganlar: “Kim zimmiyga aziyat yetkazsa men u bilan xusumatlaşaman. Men kim bilan xusumatlaşsam qiyomat kunida undan haqqimni olaman”.
Zikr qilinişiça, Umar ibn Abdulaziz Basra şahridagi voliysi Adiy ibn Artötga maktub yöllab, bunday yozgan ekan: “...Söngra, qaramoğingdagi ahli zimmalardan qaysilarining yoşi keksayib, quvvati zaiflaşib, kasb qilişga qurbi yetmay qolgan bölsa ularga baytul moldan yetarli miqdorda nafaqa ajratilişini joriy qilgin.
Şuning uçunki, men eşitgan edim, möminlarning amiri Umar ibn Xattob roziyallohu anhu uyma-uy yurib, odamlardan tilançilik qilib yurgan ahli zimmalardan bölmiş bir qariyani körib: “Yoşlik vaqtingda sendan jizya olsak-u, keksaygan vaqtingda qarovsiz qoldirsak senga nisbatan insofsizlik qilgan bölamiz”, deganlar va unga yetarli miqdorda baytul moldan nafaqa berişni joriy qilganlar”.
Demak, Islom tarixida birinçi marta davlat xazinasi hisobidan keksalarga ijtimoiy ta'minot uçun nafaqa tayinlanişi Umar ibn Xattob davridan boşlangan ekan.
Xulosa qilib aytadigan bölsak, Islom dini ijtimoiy himoya borasida har bir haq egasining haqini ado etişga keng tarğib qilgan dindir.