16 noyabr kuni Energetika vazirligi elektr va gaz ta’minotidagi uzilishlar bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazdi.
Vazir o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, uzilishlarning 90 foiziga sabab – elektr generatsiyasi uchun yoqilg‘i, ya’ni tabiiy gazning yetishmasligidir.
“Men ochiq ayta olaman, bugungi kunda elektr ta’minotidagi uzilishlarning 90 foizining sababi – elektr tarmoqlarining eskirgani yoki quvvati kamligi emas, balki elektr stansiyalarimizda elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i yetishmasligidir.
Albatta, bu yerda savol tug‘iladi: siz qanday texnologiyani ishlatishingiz bizga qiziq emas, elektr ta’minotining uzluksizligini sizlardan talab qilishga haqqimiz bor, deyishingiz mumkin. Buni shunchaki hisobot tarzida aytib o‘tyapmiz. O‘zbekistonda elektr energiyasining 90 foizi issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi”, – dedi Sherzod Xo‘jayev.
Kun.uz'dagi ishonchli ma’lumotga ko‘ra, xususiy kompaniya – “Sanoat energetika guruhi” MChJga gaz eksporti uchun shu yil qabul qilingan yopiq qaror asosida eksklyuziv imtiyozlar berilgan. Boz ustiga, 2021 yilni hisobga olmaganda, oxirgi 6 yilda gaz qazib olish faqat kamayib boryapti.
Kun.uz muxbiri matbuot anjumanida shu haqda aytib o‘tdi va elektr uzilishlarining asosiy sababi deya ko‘rsatilgan gaz yetishmovchiligi yuzasidan savol berdi: “Yerosti boyliklarini O‘zbekiston davlati ixtiyoriga to‘liq qaytarish vaqti kelmadimikan?”
Vazir o‘rinbosari savolga javoban imtiyozlar haqida ham, tabiiy boyliklarni davlat ixtiyoriga qaytarish haqida ham gapirmadi; buning o‘rniga xususiy kompaniya gaz qazib chiqarish rejasini ortig‘i bilan bajarayotganiga urg‘u berdi.
“Sanoat energetika guruhi”ga konlarning berilishi gaz ta’minotining yomonlashuviga olib keldimi, yo‘qmi degan savolga aniq javob aytaman. Kunlik gaz qazib chiqarish rejasining bajarilishi aynan “Sanoat energetika guruhi” tizimida 131 foiz. Ya’ni kompaniya gaz qazib chiqarib, ichki bozorga yo‘naltirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajaryapti. Biz rejani bajarmayapti yoki yetarlicha investitsiya kiritmaslik natijasida gaz qazib chiqarish sur’atlari tushib ketyapti deb bu kompaniyaga ayblov qo‘ya olmaymiz”, –














