Toşkentning Çilonzor tumani, Gavhar MFY, Dilxuş köçasida istiqomat qilib kelgan oilaning 4 farzandi vafot etişiga nima sabab bölganiga doir dastlabki xulosalar ma'lum qilindi. Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari, Respublika boş Davlat sanitariya vraçi Saidmurod Saidaliyevning bildirişiça, bu fojiaga zaharlaniş sabab bölgan, biroq marhumlar taomdan emas, balki katta ehtimol bilan is gazidan zaharlanişgan. Bu haqda voqea joyida bölib qaytgan KUN.UZ muxbiri xabar qilmoqda.

Muxbir mazkur musibat yuzasidan tergov-suriştiruv işlarini olib borayotgan mutasaddilar bilan suhbatlaşgan. Xususan, Çilonzor tuman prokuraturasi mulozimi mazkur holat böyiça tergov işlari olib borilayotgani, Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan jinoiy iş qözğatilgani haqida ma'lumot berdi. Şu bilan birga, ta'kidlanişiça, sud-tibbiy ekspertiza xulosalari çiqmasdan turib, marhumlarning ölimiga nima sabab bölgani borasida aniq fikr bildirib bölmaydi.
Mavzuga doir:
Huquq-tartibot idoralari xodimiga köra, mazkur fojiada is gazidan zaharlaniş taxmini tasdiqlansa, ÖzR JKning 259-moddasi, ya'ni “Yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş” böyiça jinoiy iş oçilişi mumkin.
Ta'kidlaş örinliki, hozirça, marhumlarning vafotiga nima sabab bölganiga doir aniq xulosa mavjud emas. Sud-tibbiy ekspertiza natijalari e'lon qilinganidan söng, bu borada aniq fikr bildiriş mumkin böladi.
















