O‘zbekiston | 11:11 / 13.09.2018
46796
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Rossiyadan pul jo‘natish bo‘yicha yetakchi bo‘ldi

Foto: Pinterest

Rossiya Markaziy banki 2018 yil 2-choragi davomida O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmini e'lon qildi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2018 yil aprel-iyun oylarida O‘zbekistonga jami 1 077 mln AQSh dollari miqdoridagi pul jo‘natmalari amalga oshirilgan. Shu jumladan, RF rezidentlari tomonidan 318 mln dollar yuborilgan bo‘lsa, norezidentlar tomonidan 759 mln dollar jo‘natilgan. Bunda Rossiyadan O‘zbekistonga bir pul o‘tkazmasining o‘rtacha miqdori 375 AQSh dollariga teng bo‘ldi.

O‘zbekistondan Rossiyaga aprel-iyun oylarida 95 mln dollar yuborilgan. RF rezidentlari tomonidan 60 mln dollar jo‘natilgan bo‘lsa, ushbu davlat norezidentlari tomonidan 35 mln dollar yuborilgan. Bunda bir pul o‘tkazmasining o‘rtacha miqdori 875 AQSh dollariga teng bo‘ldi

Qayd etib o‘tish joizki, 2-chorakdagi Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ham, 2018 yilning 1-choragiga nisbatan ham oshgan. 

Mavzuga oid