Avvalroq Dörmondagi maxsus qöriqlanuvçi uylardan birida öğrilik sodir etilgani va uy Tanzila Norboyevaga tegişli ekani xabar berilgandi. Kun.uz'ning Senat raisiga yaqin rasmiy manbalariga köra, öğrilik sodir etilgan uy çindan Norboyevaga tegişli (davlat tomonidan, Senat raisi lavozimidagi faoliyati davri uçun berilgan), lekin uyda uning özi emas, qizi yaşab kelayotgan bölgan.

“Bu işdan Norboyevaning xabari bölmagan. Şuningdek, gumonlanuvçiga nisbatan ariza Tanzila Norboyevaning qizi tomonidan işning ertasigayoq qaytarib olingan. Natijada gumonlanuvçi D.T. qamoqdan çiqarib yuborilgan. Puldan ham voz keçilgan”, – dedi manba.

Kun.uz öğirlikda gumonlangan enaga D.T.ning otasi bilan ham boğlanişga muvaffaq böldi. U qizi hozir çindan uyda ekani, biroq bundan boşqa gap gapirolmasligini aytdi.

Tergovda gumonlanuvçiga nisbatan ayb qiynoq yöli bilan qöyilgan bölişi mumkin

Aftidan Norboyevaning uyini öğri urişi voqeasi bu bilan tinçimaydigan körinadi. Sababi gumondor tergov jarayonida aybni öz zimmasiga olişi uçun qiynoqqa solingan bölişi mumkin.

Kun.uz ixtiyoriga D.T.ning huquqni muhofaza qiluvçi organga 7 dekabr kuni yozgan arizasi kelib tuşdi. Unda aytilişiça, D.T. 2022 yil 2 dekabrdan boşlab gumondor sifatida Toşkent şahar IIBBning vaqtinça saqlaş xonasida uşlab turilgan. 5 dekabr kuni soat 6:00 larda esa Dilmurod ismli tergovçi hamrohligida vaqtinça saqlaş binosining 4-qavatiga olib çiqilgan va öşa xonada aybni böyniga olişi uçun qiynoqqa solingan.

“2022 yil 5 dekabr kuni soat 6:00larda meni Dilmurod tergovçi xonasiga olib bordi. U yerda Mirzo Uluğbek tuman IIB Jinoyat qidiruv bölimi xodimi Bekzod kelib, Dilmurodni tergov bölimi xodimi deb aytdi.

Dilmurodning xonasi 4 qavatga olib çiqdi. U yerda menga birinçi yaxşi gapirişdi, keyin Bekzod menga baqirdi va çap oyoğimni özining oyoği bilan zarb bilan bosdi. Keyin menga jismoniy maşqlar qildirdi va jismoniy zarar yetkazdi. Yelkamga, qölimga muşt qilib urdi. Keyin menga hozir kiyimingni yeç, rasmga olib eringga jönataman, deb majburladi. Men ulardan bu işni qilmasligini söradim. Hozirda kasal ekanimni aytdim. Keyin ular buni inobatga olib, ötqazişdi va qölimga qoğoz tutqazişdi. Ular menga öğirlikni böyningga ol, 100 dollar olgan bölsang ham yoz deyişdi. Ular şunday qilsam, meni çiqarib yuborişlarini aytişdi. Men esa pul olmaganimni aytdim. Ular şundan keyin sen bilan ertaga gaplaşamiz, deyişdi.