Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida sudlanuvçilar Baxtiyor Abdusamatov (Yunusobod tuman hokimi lavozimida işlagan), Ölmas Muxamedsaidov (vaqtinça işsiz) va Şoxrux Malikov (Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş qömitasi huzuridagi «Milliy PR-markazi» DUK boş direktori lavozimida işlagan)ga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud öz yakuniga yetdi.

Mazkur jinoiy iş jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi sudyasi Zafar Nurmatov raisligida körib çiqildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Sudlanuvçilar B. Abdusamatov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş), 210-moddasi (pora oliş), O‘. Muxamedsaidov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28-moddasi (jinoyat iştirokçilarining turlari) orqali 211-moddasi (pora beriş), 212-moddasi (pora oliş-berişda vositaçilik qiliş) va Ş. Malikov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora beriş), 212-moddasi (pora oliş-berişda vositaçilik qiliş)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangandi.

Xabar qilinişiça, sud Baxtiyor Abdusamatovni 205-modda (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş) böyiça aybdor deb topdi. U 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni manzil koloniyada ötaşi belgilab qöyildi. 
 
Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş qömitasi huzuridagi «Milliy PR-markazi» DUK boş direktori lavozimida işlagan Şoxrux Malikov esa sud zalidan ozod etildi.

Ölmas Muxamedsaidov 168-moddasi (firibgarlik), 28-moddasi (jinoyat iştirokçilarining turlari) orqali 211-moddasi (pora beriş) böyiça 10 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. 

Hukm hali kuçga kirmaganligi, norozi taraflarga şikoyat beriş tartibi va muddati tuşuntirildi.

Katta miqdorda pora olişda ayblangan Baxtiyor Abdusamatov sudda DXXning sobiq rahbarlarini aybladi