Raqobat qo‘mitasi reklama qonunchiligi yuzasidan telekanallarga ko‘rsatma xati yubordi
Bunga oxirgi vaqtlarda ommaviy axborot vositalari orqali reklamalarni tarqatishda qonunchilik talablarining buzilish holatlari sabab bo‘lgan.
Raqobat qo‘mitasi raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayderlarga (teleradiokanallar) ko‘rsatma xati yubordi.
Qo‘mitaning qayd etishicha, bunga oxirgi vaqtlarda ommaviy axborot vositalari (xususan, telekanallar) orqali reklamalarni tarqatishda (joylashtirishda) qonunchilik talablarining buzilish holatlari sabab bo‘lgan.
Ko‘rsatmada telekanallardan bir oylik muddatda reklamaga oid o‘z faoliyatini amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib muvofiqlashtirishi va qayta ko‘rib chiqishi so‘ralgan.
«Ushbu ko‘rsatma xati talabalaridan kelib chiqib, qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda sohaga oid monitoring tahlillari o‘tkazadi va o‘rganishlarda qonunbuzilishi aniqlangan taqdirda, ushbu holatga yo‘l qo‘ygan sub’yektlarga nisbatan qat’iy ta’sirchan choralar, shu jumladan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanishini ma’lum qilamiz», – deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:07 / 18.12.2024
Bir qator nodavlat ta’lim muassasalarida qonunbuzarliklar aniqlandi
17:42 / 16.12.2024
7,2 mlrd so‘mlik tender savdolari ixtiyoriy ravishda bekor qilindi
12:22 / 13.12.2024
Raqobat qo‘mitasi Yandex Go’ni ogohlantirdi
16:39 / 27.11.2024