Jinoyat işlari böyiça Qaşqadaryo viloyat sudida sudlanuvçi Zokir Aliyevga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi. Bu haqda Oliy sud rasmiy vakili Aziz Obidov Kun.uz'ga ma'lum qildi. 

Ma'lum qilinişiça, sud jinoyat işi materiallarini örganib, Aliyevni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 1 qismi (Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş) va 244-2-moddasi 1 qismida (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilotlar tuziş, ularga rahbarlik qiliş, ularda iştirok etiş) közda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topdi.

«Sud Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va jinoyat qonunçiligida özining teran ifodasini topgan insonparvarlik, bağrikenglik va adolat tamoyillaridan kelib çiqib, sudlanuvçilarga jazo tayinladi», deyiladi xabar matnida.

Jinoyat işlari böyiça Qaşqadaryo viloyat sudi 2000 yildan keyin Özbekiston Respublikasiga kelgunga qadar qariyb 18 yil davomida jinoiy faoliyat bilan boşqa şuğullanmaganligini inobatga olib, Zokir Aliyevga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 57 (yengilroq jazo tayinlaş) va 59 (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) moddalarini qöllagan holda eng kam oylik iş haqining 600 barobari miqdorida - 1,05 million söm (18 yil oldingi EKIH - tahr.) jarima jazosi tayinladi.

Tahririyat izohi: amaldagi qonunçilikka binoan, jarima tariqasidagi jazo tayinlanganda jarima miqdori jinoyat sodir etilgan vaqtdagi eng kam oylik iş haqi miqdoridan kelib çiqib hisoblanadi. Bu haqida Özbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi «Sudlar tomonidan jinoyat uçun jazo tayinlaş amaliyoti töğrisida»gi 1-son qarori 16-bandida ham alohida qayd etilgan.

Zokir Aliyev jinoyat sodir etgan vaqtda esa eng kam iş haqi 1750 söm miqdorida bölgan. Şunga köra, 600 baravar miqdorida belgilangan jarima jazosi 1 mln 50 ming söm miqdoriga töğri keladi.