Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmatidan olingan ma'lumotlarga köra, joriy yil 16 iyun kuni Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanida DXX organlari tomonidan dunyoning köplab mamlakatlari, jumladan, Rossiya Federatsiyasi va AQŞda terroristik taşkilot sifatida tan olingan «Özbekiston islom harakati» faoliyatiga aloqadorligi uçun qidiruvda bölgan, 1972 yilda Çiroqçi tumanida tuğilgan, 2014 yilda AQŞ fuqaroligini olgan Zokir Abdullayeviç Aliyev qölga olindi.

Qölga oliş jarayonida Zokir Aliyev noqonuniy faoliyatiga iqror ekani töğrisida körsatma berdi. Xususan, u 2000 yilda «Özbekiston islom harakati»ga sodiq bölişga qasamyod qilgan, Afğoniston Islom Respublikasi hududida harbiy tayyorgarlikdan ötgan hamda Afğoniston Islom Respublikasi hukumat kuçlari va koalitsiya qöşinlariga qarşi jangovar harakatlarda iştirok etgan. 

«Özbekiston islom harakati»ning boşqa a'zolari bergan körsatmalarga asosan, diniy-ekstremistik va terroristik faoliyatni amalga oşirgani uçun 2005 yilda DXX tergov bölimlari tomonidan Zokir Aliyevga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159, 223 va 244-2-moddalari böyiça 646-sonli jinoiy iş qözğatilgan. 

Ayni paytda Aliyevga nisbatan ehtiyot çorasini qöllaş masalasi körib çiqilmoqda. 

Bundan oldinroq Qaşqadaryo viloyati, Çiroqçi tumanida militsiya asli özbekistonlik AQŞ fuqarosi, tadbirkor Zokir Aliyevni qölga olgani haqida xabarlar tarqalgandi. Amerikalik biznesmenning 90 kunlik vizasi bölgani, u Toşkentdan Çiroqçigaça heç bir tösiqqa uçramay borgani aytildi.

Keyinroq Qaşqadaryo viloyati içki işlar organlari viloyatda amerikalik tadbirkor qölga olingani haqida ma'lumotga ega emasligini bildirişdi.