Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanida terrorçilik taşkilotiga aloqadorlikda gumon qilinib 16 iyun kuni qölga olingan AQŞ fuqarosi Zokir Aliyev ayni paytda ozodlikka çiqarilgan va Çiroqçi tumanida istiqomat qiluvçi qarindoşlarining uyida bölib turibdi. 

1972 yilda Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanida tuğilgan, 2014 yil AQŞ fuqaroligini olgan Zokir Aliyev mamlakatga Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasidan viza olib kelgan, ammo bir kunning özida qölga olinib, Qarşi şahriga olib ketilgandi. U 3 kun davomida DXX hibsxonasida uşlab turilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xabarida u terroristik taşkilotga aloqadorlikda gumon qilinib, 2005 yildan beri «Özbekiston islom harakati» faoliyatiga aloqalanib qidiruvda bölgani ma'lum qilingan.

KUN.UZ manbasi ma'lumotiga köra, u Jinoyat kodeksining 155, 159 va 223 moddalarda nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. Ma'lum bölişiça, Aliyev dastlablki tergov-suriştiruv çoğida öz aybiga qisman iqrorligini bildirgan.

U tergov-suriştiruvdan söng, munosib xulq atvorda böliş haqidagi tilxat va mamlakatdan çiqib ketmaslik şarti bilan ozodlikka çiqarilgan.