Dunyo siyosati köça bezoriligiga öxşadi-qoldi: qonun-u tartiblar işlamayapti, kuçli kuçsizning “burnini qonatyapti”, avval yangramagan tahdidlar bemalol aytilyapti. Bunaqa şaroitda bizga öxşagan davlatlar nima qilişi kerak? Savol keng va har bir soha vakillari öz javoblarini beradi. Bugun iqtisodçilarni eşitamiz.
Suhbatdoşlarimiz – iqtisodçilar Ahliddin Malikov va Şahzod Yöldoşboyev.
Ahliddin Malikov, iqtisodçi: Birinçi navbatda, har qanday mamlakat tölaqonli siyosiy mustaqillikka erişiş uçun iqtisodiy mustaqil bölişi kerak. Boşqa davlatlarga iqtisodiy qaramlikdan, boğliqlikdan voz keçişi kerak deb öylayman.

Şahzod Yöldoşboyev, iqtisodçi: Har bir rivojlanayotgan mamlakat öz himoyasi masalasida ikkita juda muhim savolga javob berişi kerak. Birinçisi – öz himoyamizni qanday qilib ta’minlaymiz? Biz katta va kuçli harbiy taşkilotlarga, harbiy bloklarga a’zo böliş orqali özimizning himoyamizni ta’minlaymizmi yoki heç qanday blokka qöşilmasdan öz himoyamizga özimiz mas’ul bölamizmi? Bu birinçi savol va şu birinçi savoldan kelib çiqadigan ikkinçi savol — öz budjetimizning qaysi miqdorini har yili harbiy xarajatlar uçun yönaltirişimiz kerak? Ya’ni şu ikkita savol har doim rivojlanayotgan mamlakatlar uçun aktual bölib kelgan va hozir ham bilamizki, bu savollar özining aktualligini yöqotmagan.

Ahliddin Malikov: Dunyoda bunday misollar köp. Masalan, Janubiy Koreya yoki Singapur davlatlarini oladigan bölsak, ular aslida juda ham katta mamlakatlar emas, lekin ularning iqtisodiy salohiyati juda ham kuçli va şuning evaziga, masalan, Janubiy Koreya ikki trillionlik yalpi içki mahsulotga ega va dunyoda beşinçi eng qudratli armiyaga ega. Singapur masalan, 570 milliard dollarlik iqtisodiyotga ega va 29-örinda turadi dunyodagi eng kuçli armiyalar böyiça.
Şahzod Yöldoşboyev: Özbekistonga keladigan bölsak, rivojlanayotgan mamlakatlar kabi Özbekiston ham bu savollarga javob bergan, bilamizki, Özbekistonning harbiy doktrinasi heç qaçon harbiy bloklarga qöşilmaslik va katta mamlakatlarga qaram bölmaslikdan iborat. Bu, albatta, töğri qaror va bunga ikkita bor: birinçisi, bu, albatta, harbiy masalalarda katta oğaga qaram bölişlik, bu heç qaçon yaxşi emas. Bunday taşkilotlar, bunday kelişuvlar faqat öşa katta kuçlarga ma’qul bölib, qulay bölgandagina işlaydi va ularga noqulay bölişni boşlaganda bunday taşkilotlar işlamay boşlaydi. Buni biz köp marotaba kördik. Masalan, hozirgi Tramp bilan Grenlandiya mojarosi, NATO mamlakatlari orasidagi bölayotgan mojarolar. Bilamizki, öşa possovet arenasida ham, possovet hududida ham bunday masalalar köp bölgan. Şuning uçun bu, albatta, eng töğri qaror.
Ikkinçidan, nimaga katta davlatlarga qaram bölmaslik kerak? Çunki katta kuçlarning orasida kimnidir tanlaşga töğri keladi. “Duşmanimning dösti — mening duşmanim” degan gap bor. Biz esa yangi duşmanlarni özimizga orttirib olgimiz kelmaydi.
Ahliddin Malikov: Iqtisodiy kuç harbiy salohiyatni kuçaytirişga yordam beradi va bu har qanday taşqaridan böladigan tahdidlarga, siyosiy bosimlarga mamlakatning çidamliligini oşiradi, ana şunday xavflarni bartaraf etişga yordam beradi. Yuqori iqtisodiy salohiyatga ega bölgan mamlakatlar nafaqat özining harbiy kuçi bilan, balki iqtisodiy munosabatlarda ham özining kuçli pozitsiyasi bilan boşqa kuçliroq bölgan mamlakatlarni özlariga nisbatan tahdid qilişlariga yöl qöymaydi.
Şokir Şaripov, jurnalist: Ya’ni deylik, bir muayyan davlat bor, uning iqtisodiy kuçi bor va şunga yaraşa harbiy kuçi bor. Unga nigoh boşqaça böladi, albatta, töğrimi? “Bu bilan hazillaşib bölmaydi. Töğri, kiçkina davlat, harakat qilsa, bosib olsa ham böladi, ammo...
Ahliddin Malikov: Oqibati öziga ham zarar böladi.
Şokir Şaripov: Har bir agressorda ham tahlil böladi. Töğrimi? “Mana şu mamlakatda mana şu-şu qudrat bor. Bizga muammo tuğdiradi uni bosib oliş”.
Ahliddin Malikov: Şunday.
Şahzod Yöldoşboyev: Özbekiston qanday qilib öz himoyasini kuçaytirişi mumkin, degan savolga keladigan bölsak, buning ikkita oson yöli bor. Birinçisi, bu iqtisodiy rivojlaniş va iqtisodiy integratsiya. Biz har doim taşqi agressorlar uçun Özbekistonga qarşi harakatning narxini oşirişimiz kerak. Ya’ni Özbekistonga qarab har bitta agressor öylaşi kerak: qandaydir qarşi harakatim menga qimmatga tuşişi mumkin. Va buning eng oson yöli bu, albatta, iqtisodiy rivojlaniş. Qançalik Özbekiston har xil davlatlar bilan iqtisodiy savdo hajmini oşirsa, bizga köproq mamlakatlar qandaydir ma’noda qaram bölişni boşlaşadi va bizga qarşi har qanday harakatning xarajati ular uçun oşib boradi. Bilamizki, hozir Özbekiston juda jadal sur’atlarda rivojlanib boryapti. Bu, albatta, odamni xursand qiladi. Va harbiy ma’noda ham bizga bu yaxşi.
Ikkinçi yöli bu, albatta, öşa harbiy xarajatlarga sarmoya qiliş. Bu yalpi içki mahsulotning kattaroq foizini harbiy xarajatlarga yönaltiriş bilangina emas, balki mablağni töğri yönaltiriş. Hozir bilamizki, alternativ qurollar köpayib ketyapti va yangi texnologiyalar rivojlangan sari har bir dollar sarmoyaning harbiy foydasi oşib boryapti. Masalan, dronlar. Dronlar juda arzon, lekin ularning harbiy foydasi juda-juda baland. Şunday mantiq bilan öylaş, albatta, yaxşi har bir davlat uçun, ayniqsa rivojlanayotgan davlatlar uçun. Har bir dollarning bizga olib keladigan foydasini, albatta, öylaşimiz kerak. Va bu masalada, albatta, harbiy xarajatlarni oşiriş va töğri yönaltiriş kabi masalalarni qarab çiqişimiz kerak.
Ahliddin Malikov: Geosiyosiy noaniqliklar ösib borayotgan, imperializm kayfiyati kötarilib borayotgan paytda Markaziy Osiyo mamlakatlari özlarining qat’iy bir strategiyalarini şakllantirişi kerak deb öylayman. Va bu strategiyaning eng asosiy bandlaridan biri bu Markaziy Osiyoning iqtisodiy integratsiyasi bölişi kerak. Iqtisodiy birlaşuv qanday sodir böladi?
Avvalambor, har qanday iqtisodiy integratsiya ostida erkin savdo yotadi. Ya’ni erkin savdo degani bir mamlakat ikkinçi mamlakat bilan bemalol tösiqlarsiz savdo qila olişini bildiradi.
Lekin bizning hozirgi holatimizga qaraydigan bölsak, biz özimizda bor potensialimizga yaraşa savdo qila olmayapmiz. Mamlakatlar örtasidagi integratsiyani yaxşilaş uçun biz birinçi navbatda iqtisodiyotimizni diversifikatsiya qilişimiz kerak. Masalan, hozirgi holatda Markaziy Osiyo mamlakatlarini uçta kategoriyaga bölib yuborsak böladi. Birinçisi, resursga juda ham boy bölgan mamlakatlar: Qozoğiston va Turkmaniston. Ikkinçisi, resursga boy emas va iqtisodiyotining asosiy qismi taşqi migrantlardan keladigan pulga tayanadigan mamlakatlar. Bu mamlakatlarga asosan Qirğiziston bilan Tojikiston kiradi.
Özbekistonning esa yalpi içki mahsulotidagi tabiiy resurslarning uluşi Qozoğiston va Turkmanistondagidek baland emas hamda mehnat muhojirlaridan keladigan pul Tojikiston va Qirğiziston iqtisodiyotidagi migrantlar ötkazmalari uluşidan kamroq.
Özbekiston juda ham bir noyob pozitsiyada bu holatda. Özbekiston integratsiyadan eng köp manfaat oladigan davlatdir. Biz dengizga çiqiş uçun ikkita mamlakatni bosib ötişimizga töğri keladi va biz geografik jihatdan eng örtada joylaşgan mamlakatmiz.
Yana bir tomoni, Markaziy Osiyo mamlakatlari özaro, masalan, tölov tizimlarini ham birlaştirsa, bu mintaqadagi iqtisodiy integratsiyani yana ham tezlaştirgan bölardi. Uzkard deymizmi yoki boşqa milliy tölov tizimlari bor. Mana şu tölov tizimlarini qöşni mamlakatlar tölov tizimlari bilan birlaştirgan holatda tovar ayirboşlaşda foyda katta, bu bilan mamlakatlar örtasidagi savdo hajmini oşirişimiz mumkin böladi.
Şokir Şaripov: Bu endi xususiy sektorning işi, töğrimi?
Ahliddin Malikov: Albatta, lekin bunga kerakli huquqiy asoslar va şart-şaroitlar yaratib berilişi kerak. Davlatlar tomonidan qöllab-quvvatlanişi kerak. Integratsiyani ikkita asosiy qismga böladigan bölsak, birinçisi savdo dedik. Savdo tovarlarni özaro bir mamlakatdan ikkinçi mamlakatga tösiqsiz yetib borişi. Bunda har ikki mamlakat ham foyda köradi. Çunki har ikki mamlakatdagi iste’molçilar arzon narxlardan, tovarlarning turlari köpligidan manfaat oladi va tovarlarning sifati ham baland böladi, raqobat bölsa. Bu juda ham yutuqli tomoni savdoning.
Ikkinçi tomoni esa insonlarni bir mamlakatdan ikkinçi mamlakatga tösiqsiz köçib yura olişi. Bunda, masalan, Markaziy Osiyo mamlakatlarini oladigan bölsak, Özbekistondan borib Qozoğistonda bemalol işlay oliş va Qozoğistonning mehnat bozorida bemalol iş topa oliş yoki Qozoğistondan kelib Özbekistonda işlay oliş. Bu ikki tomon uçun ham manfaat keltirib çiqaradi. Sababi, ba’zi bir mehnat muhojirlarining iqtisodiyotning ba’zi bir sektorlarda samaradorligi yuqoriroq bölişi mumkin. Işçilar almaşinuvi tufayli bizneslar bundan manfaat topadi va işlab çiqariş rivojlanadi, çunki ba’zi işçilarning salohiyati boşqa mamlakatda bölmasligi mumkin.
100 milliondan ortiq katta aholi soniga ega bölişimiz mumkin, agar birlaşadigan bölsak. Dunyodagi salbiy demografik özgarişlar fonida Markaziy Osiyoda tuğiliş darajasi yuqori.
Şokir Şaripov: Foydalaniş kerak.
Ahliddin Malikov: Ha. Bundan öz manfaatimiz yölida foydalanişimiz kerak. Ya’ni agar biror-bir taşqaridan bosim bölsa, xoh iqtisodiy, xoh siyosiy, biz agar bitta stol atrofida töplanadigan bölsak, biz bilan hisoblaşişga töğri keladi.
Nima uçun iqtisodiy integratsiya Markaziy Osiyo mintaqasi uçun juda ham muhim deb aytyapman? Çunki iqtisodiy integratsiyadan biz boşqa katta kuçlarni tiyib turiş mexanizmi sifatida va kollektiv bir immunitet sifatida foydalana olsak böladi. Har bir Markaziy Osiyo mamlakati biror-bir region yoki mamlakat bilan alohida diplomatiyaga kirişgandagi sözining örni boşqaça, lekin birlaşib, bitta stol atrofida töplanib, integratsiya bölgan hudud sifatida ular bilan iqtisodiy diplomatiyaga kirişi, u butunlay boşqa narsa. Misollar köp.
Mana, Yevropa ham Markaziy Osiyoga alohida bir mintaqa, birlaşgan mintaqa sifatida qaraşni boşladi, Amerika ham özining, masalan, uçraşuvlarida faqat bitta davlatni çaqirmayapti-da, butun Markaziy Osiyo mamlakatlarini çaqiryapti.
Şokir Şaripov: Yevrointegratsiya misol. Töğrimi?
Ahliddin Malikov: Albatta.
Şokir Şaripov: U hozir kuçga aylandi, integratsiya evaziga. Daniya, Finlandiya kabi bölaklar emas, katta bir sub’yekt sifatida qaralyapti.
Ahliddin Malikov: Şunday. Janubiy Osiyo mamlakatlari özining ASeAN degan iqtisodiy hamjamiyatiga ega va bu hamjamiyat orqali ular nafaqat erkin savdo qila oladi bir-biri bilan, balki ularning aholisi, işçilari bir mamlakatdan ikkinçi mamlakatga erkin ötib, u yerdagi mehnat bozorida iş topişi mumkin va şu orqali ular ham xususiy sektorda foydaga erişadi, ham özlarini bir himoyalangan hudud sifatida köra oladi.
Ikkinçisi, mana, Körfaz mamlakatlari kelişuv konsuli bor. Bu mamlakatlar neft-gaz sohasida köproq va tezroq diversifikatsiya qiliş uçun örtalaridagi iqtisodiy, savdoga aloqador tösiqlarni olib taşlaşga harakat qilgan. Mana şu – integratsiya jarayonining bir körinişi.
Integratsiya jarayonini jonlantira oladigan bölsak, 10 yildan keyin, öylaşimça, Markaziy Osiyoda juda ham katta bir iqtisodiy kuç paydo böladi va bu kuç bilan atrofimizdagi katta super kuçlar hisoblaşişiga töğri keladi, iqtisodiy jihatdan kamida.
Sababi, bizning ösib borayotgan demografik körsatkiçlarimizga qaraydigan bölsak, öşa katta kuçga ega bölgan mamlakatlarga tenglaşib qolamiz.
Şokir Şaripov: Deylik, Rossiyaga.
Ahliddin Malikov: Ha. Yoş avlod katta inson kapitali bölib xizmat qiladi va bunda samaradorlik oşadi, innovatsiyalarda boşqalardan ötib keta olişimiz mumkin böladi, çunki yoş avlod degani bu hali hamma narsa oldinda degani. Ular kerakli bilimga ega bölsa, işlab çiqarişda ham, innovatsiyalarda ham boşqalardan ötib ketişimiz mumkin.
















