Ijtimoiy tarmoqlarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida hujjatlarni qabul qiliş 5 iyulga qadar davom etişi köplab tuşunmovçilikka sabab bölmoqda.

«Universitetga öqişga qabulni sifatli taşkil etiş maqsadida Qabul komissiyasi taşkil etilgan. Abituriyentlarning öqişga qabul qiliş haqidagi arizalari JIDU Qabul komissiyasi tomonidan 15 iyundan 5 iyulgaça (şu kuni ham) qabul qilinadi», - deb ma'lumot keltiriladi universitet rasmiy saytida.
«Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora tadbirlari töğrisida»gi Prezident qarorining 5-bandiga köra, joriy yildan qabulda özgarişlar mavjud ekanligini köriş mumkin:
«2018/2019 öquv yilidan boşlab quyidagilar belgilansin:
Abituriyentlar uçun dastlabki imtihondan ötiş tartibi joriy etiladi, uning yakunlari böyiça abituriyentlarni davlat test sinovlarini topşiruvçilar röyxatiga kiritiş töğrisida qaror qabul qilinadi».
Bundan tuşuniladiki, abituriyentlar 1-15 avgust kunlari bölib ötadigan imtihonga qadar ham saralab olinadi.
«Imtihongaça ötkazilinadigan sinovlar yozma tarzda amalga oşirilib, abituriyentlarning dunyoqaraşi va bilim darajasi tekşiriladi. Dastlabki imtihondan ötkaziş işlari 6-9 iyul kunlari taşkil qilinib, uning natijasi haqida 10 iyul sanasida ma'lum qiliş reja qilinmoqda. Bundan közlangan maqsad sinovdan öta olmagan abituriyent boşqa oliygohga hujjat topşirişga ulgurişi kerakligi közda tutilgan», - deydi qabuldagi özgarişlar haqidagi savollarga javob bergan JIDU qabul komissiyasi a'zosi.

Abituriyentlar uçun kerakli ma'lumotlar:
JIDU Qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Ta'lim yönalişi, öqitiş tili va şakli körsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta'lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma'lumoti yöqligi hamda test sinovlarini ötkaziş qoidalari va javoblar varağini töğri töldiriş bilan tanişganligi körsatiladi);
















