O‘zbekiston tog‘ tizmasida vertolyot bilan sayr qilish qanchaga narxlanmoqda?
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining “Maxsus aviatsiya ishlari” aviakompaniyasi turoperatorlar, agentliklar va barcha xohlovchilarga O‘zbekistonning go‘zal go‘shalariga vertolyotda sayr qilish xizmatidan foydalanishni taklif qildi. “Maxsus aviatsiya ishlari” aviakompaniyasi xodimi Jamshid Abdullayevning aytishicha, sayr qilishning dastlabki bahosi soatiga 18 million 200 ming so‘m deb belgilangan. Bu – aviakompaniya taklif etayotgan narx.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, parvozlar Toshkentdan amalga oshiriladi. Poytaxtdan Zarafshon tog‘ tizmalariga parvoz qilish va qaytish 5 soat davom etadi. Vertolyotga ko‘pi bilan 16 sayyoh olinishi mumkin. Demak, sayohatchilar guruhi dastavval 91 million so‘m yig‘ishi lozim bo‘ladi.
Shuningdek, aviakompaniya aerodromdan foydalangani uchun 431 768 so‘m to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Demak, guruh Toshkent va Zarafshondagi aerodromlar uchun jami yana 863 536 ming so‘m berishi kerak bo‘ladi. Hisob-kitobga ko‘ra, sayohat bahosi jami 91 million 863 ming 536 so‘mni tashkil etadi. Guruhda 1 kishidan 16 (ayrim vertolyotda 20) kishigacha bo‘lishi mumkin.
Bu – dastlabki narxlar. Agar turfirma yoki sayyohlik agentliklari orqali sayr qilmoqchi bo‘lsangiz, ularning ham xizmat haqqini to‘lashingizga to‘g‘ri keladi. Narxlar mahalliy sayyohlar va xorijliklar uchun farq qilmaydi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston Pokiston samolyotlari uchun havo makonini yopdi
Jahon | 01:55
-
YeChL. "Barselona" ikki marta kambek qilib, "Inter"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Sport | 01:53
-
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda
Jahon | 01:15
-
Urumchida O‘zbekiston-Xitoy iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi
Jahon | 01:01
Mavzuga oid

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

21:05 / 27.03.2025
O‘zbekiston oldida turgan 5 ta asosiy xavf-xatar. Ularni qanday yengish mumkin?

15:52 / 21.03.2025
Tramp Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

11:34 / 19.03.2025