Intervyuda Abdulaziz Komilov amerikalik suhbatdoşning: “AQŞ nima uçun Markaziy Osiyoga qiziqişi kerak?” degan savoliga javob qaytardi.

“Bilasizki, sönggi vaqtlarda Markaziy Osiyoda geosiyosiy jihatdan juda muhim örin tutmoqda. Çunki Markaziy Osiyo – Xitoy, Rossiya, Hindiston va Pokiston kabi yirik mintaqaviy öyinçilar uçun qiziqarli hudud. Ikkinçidan, bizda köplab tabiiy resurslar bor. Şuningdek, bu yer – Şarq va Ğarb örtasidagi çorraha hisoblanadi.

Qolaversa, biz Afğoniston tarafdan terrorizm va ekstremizm kabi xavflarga yuzlaşmoqdamiz. Bu kabi barça muammolar faqatgina sof xalqaro hamkorlik doirasida hal qilinişi mumkin.

Albatta, Markaziy Osiyoda köplab qudratli kuçlarning öz şaxsiy manfaatlari ham bor. Şuning uçun, biz hozirgi kunda Markaziy Osiyo muhim geosiyosiy markaz bölib qolganini ta'kidlaymiz”, – dedi vazir.

Komilov Özbekistonning qöşni davlatlar bilan siyosati haqida ham töxtaldi.

“E'tibor bergan bölsangiz, bizning taşqi siyosatimizda ustuvor yönaliş qöşnilarimiz bilan konstruktiv va döstona munosabat hamda yaqin hamkorlik qilişga beriladi.

[...] Bir tarafda bizda Markaziy Osiyoning markazi böliş kabi noyob pozitsiyamiz bölsa, yana bir tarafdan qöşni davlatlarning barçasi bilan alohida hal qilinişi kerak bölgan köplab muammolar bor. Sönggi uç yilda biz mintaqada suv taqsimoti, energiya resurslari, çegaralarni aniqlaştiriş kabi köplab murakkab va nozik muammolarni yeça oldik.

Biz hozir Markaziy Osiyoda yangi siyosiy muhitni yarata oldik. Prezident Mirziyoyev doimiy ravişda Markaziy Osiyo rahbarlari sammitini ötkazib borişni taklif qildi. Biz bularning bir neçtasini ötkazdik, balki keyingisi Turkmanistonda bölişi mumkin”, – dedi Abdulaziz Komilov.

Özbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining lideri maqomiga da'vo qiladimi? Dastur muallifining navbatdagi savoli şunday yangradi.

“Bilasizmi, biz öz zimmamizdagi mas'uliyatni anglaymiz. Biroq mintaqada alohida mavqedagi öyinçiga yoki lider mamlakatga aylaniş istagimiz yöq.