Rossiya prezidenti Vladimir Putin ertalab Suriyaning Xmeymimidagi RF harbiy bazasiga yetib keldi hamda Suriyadan Rossiya harbiy guruhlarini olib çiqib ketişga kirişiş haqida topşiriq berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
"Mudofaa vaziri, Boş ştab boşliğiga Rossiya harbiy guruhini ularning doimiy joylaşuvi yeriga olib çiqib ketişga kirişiş haqida topşiriq beraman", - deya ma'lum qilgan Putin harbiy xizmatçilar oldida çiqiş qilib.
Uning sözlariga köra, rossiyalik harbiylar öz yaqinlarining oldiga ğalaba bilan qaytişmoqda ekan. "Vatan sizlarni kutmoqda, döstlar. Sizlarga xizmat uçun minnatdorlik bildiraman", - deya aytib ötgan Rossiya yetakçisi.
Uning qöşimça qilişiça, "agarda terrorçilar yana boş kötarişsa, ularga şunday zarbalar beriladiki, buni ular şu paytgaça körmagan bölib çiqadi".
Uning ta'kidlaşiça, Moskvada ham Suriyada, ham Rossiyadagi terror bilan kuraş qurbonlari heç qaçon yoddan kötarilmaydi.
Eslatib ötamiz, 2015 yilda Rossiya Suriyada terrorçilikka qarşi amaliyot boşladi, u rasmiy Damaşq iltimosi bilan qilingani iddao etiladi. Ötgan yilning mart oyida esa Rossiya harbiy-kosmik kuçlari guruhining katta qismi vazifalar muvaffaqiyatli bajarilgani sababli olib çiqib ketildi.

















