Qoraqalpog‘istonda «Nukus» texnoparki tashkil etiladi
Prezidentning “Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan “Nukus” texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Toshkent shahar hokimligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida, “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi 30 gektar yer maydonida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan “Nukus” texnoparkini tashkil etish;
- texnopark faoliyatini boshqarish “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasiga yuklatish takliflari ma’qullanadi.
Texnopark hududi chegaralari ilovaga muvofiq tasdiqlanadi hamda mazkur hudud “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi hududi chegarasidan chiqarib tashlanadi.
Texnopark faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:
- yuqori qiymatga ega bo‘lgan, tashqi bozorda xaridorgir va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni keng jalb qilish;
- xalqaro standartlarga muvofiq energiya tejamkor, atrof-muhit muhofazasini ta’minlashga qaratilgan va ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish;
- respublikada ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanishni ta’minlash orqali mahsulot eksport salohiyatini oshirish maqsadida hududda ishlab chiqarishni kengaytirish;
- texnopark ishtirokchilari o‘rtasida va butun respublika miqyosida mustahkam sanoat kooperatsiyasi aloqalarini o‘rnatish orqali mahalliy xomashyo va materiallar asosida yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish va mahalliylashtirish jarayonlarini jadallashtirish;
- texnopark ishtirokchilari uchun yagona ishlab chiqarish infratuzilmasini, shuningdek sertifikatlash, laboratoriya, kadrlar tayyorlash va boshqa zarur xizmatlarni ko‘rsatish infratuzilmasini yaratish.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Bosh shtabi: Sumiga zarba bergan brigadaga hujum qilindi
Jahon | 13:06
-
AQSh Vengriya bosh vaziri apparati rahbariga qarshi sanksiyalarni bekor qildi
Jahon | 13:03
-
AQSh Ukrainaga harbiy yordam uchun «qarz» miqdorini uch barobarga kamaytirdi
Jahon | 13:03
-
Rossiya va Ukraina bir-biriga dronlar bilan hujum qildi
Jahon | 12:26
Mavzuga oid

19:59 / 05.04.2025
Saida Mirziyoyeva Orol madaniyat sammitida ishtirok etdi

19:40 / 14.03.2025
Nukusda propan gaz tashuvchi yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

08:00 / 18.02.2025