Muratxan Egamqulov

Navoiy şahri hokimi Muratxan Egamqulov 2023 yil 21 fevral kuni şahardagi umumta’lim maktablari faoliyatini örganiş böyiça işçi guruh tuzdi.

Işçi guruh a’zolarining aksariyati hokimlik xodimlaridan iborat. Jumladan, işçi guruh raisi sifatida hokim örinbosari I.Rahmatov, rais örinbosari sifatida hokimlik Taşkiliy-kadrlar guruhi yetakçi mutaxassisi M.Şodiyev, işçi guruh kotibi sifatida esa hokimlik yetakçi mutaxassisi R.Xöjamurodov körsatilgan. Işçi guruh a’zolari şahar hokimi maslahatçisi F.Rahmonov, şahar moliya bölimi boşliği A.Husanov, şahar aholi bandligiga kömaklaşiş markazi direktori örinbosari K.Xudayberganov hamda şahar maktabgaça ta’lim bölimi kadrlar böyiça mutaxassisi N.Ahmedovadan iborat.

Hujjatda işçi guruh a’zolariga Navoiy şahridagi umumta’lim maktablari faoliyatini örganiş natijalari yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot va hujjatlarni joriy yilning 28 fevral kuniga qadar hokimlikka taqdim etişi topşiriği qöyilgan.

Hokimning mazkur harakati Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 apreldagi “Maktabgaça va umumta’lim taşkilotlari faoliyatini tekşiriş işlarini tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga zid.

Mazkur qaror bilan “Umumta’lim muassasalari faoliyatini tekşiriş tartibi töğrisida”gi Nizom hamda maktabgaça va umumta’lim muassasalari faoliyatini tekşiriş vakolatiga ega bölgan davlat organlari va taşkilotlari röyxati tasdiqlangan.

Yuqoridagi Nizomga köra, röyxatdagi davlat organlari maktablarda öz vazifalari doirasida tekşiruv ötkazişga haqli. Masalan, Içki işlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oşiruvçi maxsus bölinmalari öquvçilar örtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisidagi qonunçilik hujjatlariga amal qilinişini örganişi, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinişini ta’minlaş, ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qiliş masalalari böyiça tekşiruv ötkazişi mumkin.