Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Eron prezidenti vafoti munosabati bilan elchixonada hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston prezidenti Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Eron Islom Respublikasi elchixonasiga tashrif buyurib, mamlakat shimolida vertolyot qulashi oqibatida prezident Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslar fojiali halok bo‘lgani munosabati bilan do‘st Eron xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi.
Davlatimiz rahbari diplomatik vakolatxonada ochilgan Hamdardlik kitobiga samimiy ta’ziya va taskin so‘zlarini yozib qoldirdi.

O‘zbekiston yetakchisi elchi Muhammadali Iskandariy bilan qisqa suhbatda prezident Ibrohim Raisiy yetuk davlat arbobi va siyosatchi bo‘lgani, Eronning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, aholi farovonligini oshirishga hamda mamlakatning xalqaro obro‘sini mustahkamlashga, shuningdek, davlatlarimiz o‘rtasida o‘zaro manfaatli ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga ulkan hissa qo‘shganini alohida ta’kidladi.


Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Eronning Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xominaiyga hamdardlik maktubi yo‘llagan edi.

Mavzuga oid
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026