Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi gazetalardan birining tahririyatidagi otishmada 5 kishi halok bo‘ldi
Foto: Jose Luis Magana/AP
AQShning Annapolis shahrida (Merilend shtati) mamlakatda uzoq yillardan beri chop etiluvchi gazetalardan biri Capital Gazette bosh ofisi hududida yuz bergan otishmada 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiya boshqarmasi rahbari Stiven Shu jurnalistlar uchun brifingda ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, yana bir necha kishi og‘ir yaralangan. Bosqinchi hibsga olingan va so‘roq qilinmoqda. Ta'kidlanishicha, u oq tanli erkak bo‘lib, yonida “uzun miltig‘i” bo‘lgan. Hujum sabablari aniqlashtirilmoqda.
Politsiyachilar voqea joyida portlovchi qurilma aniqlashgan. Okrug politsiyasi boshlig‘i Bill Krampftning aytishicha, voqea joyida sapyorlar ish olib borgan. Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda voqea joyida tergov ishlari olib borilmoqda, jamoatchilik uchun hech qanday xavf yo‘q. “Binoda boshqalarga xavf solishi mumkin bo‘lgan biror odam yo‘q”, deb qo‘shimcha qilgan Krampft.
Mavzuga oid
23:48 / 10.05.2026
Eron AQShning so‘nggi tinchlik taklifiga javob qaytardi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
21:36 / 08.05.2026