Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Kompromatuzb ishi” yopiq sudda ko‘riladigan bo‘ldi
Bugun, 18 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudida “Kompromatuzb ishi” bo‘yicha sud jarayonlari boshlandi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, dastlab ochiq tarzda, OAV vakillari ishtirokida boshlangan protsess, sudlanuvchilardan ayrimlarining iltimosiga ko‘ra, yopiq ko‘riladigan bo‘ldi.
Jinoyat ishi doirasida:
- “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot kotibi (sobiq) Siyovush Hoshimov – Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat), 165-moddasi (tovlamachilik), 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan;
- fuqaro Ahmadullo Ahmadjonov – JKning 139- va 165-moddalari bilan;
- Human.uz sayti asoschisi va muharriri Xurshid Daliyev – JKning 139-, 165-, 184- (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) va 243-moddalari bilan;
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi (sobiq) Mavjuda Mirzayeva – JKning 113-moddasi (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) va 165-moddasi bilan ayblanmoqda.
Jinoyat ishi hujjatlarida jami 19 nafar jabrlanuvchi qayd etilgan. Ular orasida sobiq bandlik vaziri Nozim Husanov, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining sobiq direktori Afzal Irmatov, Andijon shahar hokimi G‘ofurjon Abdurahmonov ham bor.
Mavzuga oid
11:52
Surxondaryoda nohaq ayblanganini aytgan yolg‘iz onaning ishi kassatsiyada o‘zgartirildi
14:19 / 27.02.2026
Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanish bilan bog‘liq ishda 11 kishi sudlanmoqda
12:20 / 27.02.2026
YPXdan qochgan BMW'lar ishi: prokuratura sud qaroriga protest kiritdi
13:43 / 25.02.2026