O‘zbekiston | 21:13 / 31.03.2021
5678
3 daqiqa o‘qiladi

Jahongir Ortiqxo‘jayev: Maqsadimiz – Toshkentda birorta bekorchi yosh qoldirmaslik

Bugun, 31 mart kuni Toshkentda hokim, vazir va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yoshlar siyosati borasida qilinayotgan ishlar, yoshlar bugungi kunda duch kelayotgan ayrim muammolar haqida gapirib, maslahatlarini berib o‘tdi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev avvalo aniq bir sohani tanlash va uni professional darajaga olib chiqish mumkinligiga urg‘u berdi.

«Prezidentimiz tomonidan butun respublika bo‘ylab yoshlarga katta e'tibor berilmoqda. Har bir yosh bekor qolmasdan ilm yoki ish bilan shug‘ullanishiga keng imkoniyat ham yaratib kelinmoqda. Shu jumladan, Toshkentda ham ko‘pgina ishlar olib borilmoqda. Maqsadimiz Toshkentda birorta bekorchi, ishsiz yoshlar qolmasligi, ilm olishni xohlagan ilm egallashi uchun yo‘l ochib berish. Buning uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar qilamiz.

«1+1» tizimi asosida bir kompaniyaga bir nafar yoshni kasb o‘rgatishga biriktiryapmiz, Toshkent shahrida 87 mingdan ortiq shirkatga bittadan odam biriktirganimizda 87 ming odamni ish bilan ta'minlash imkonimiz bo‘lar ekan.

Ammo shu bilan birga yoshlar o‘zlari ham aniq bir kasb yoki sohani ushlashi kerak. Muammo shundaki, aksariyat yoshlar o‘n-o‘n besh xil ishga o‘zini uryapti. O‘ylaymanki, hamma sohada ham ichiga kirib professional ko‘rinishga olib chiqish, yaxshi daromad topish mumkin. Misol uchun, yoshlar IT, bank sohalariga qiziqyapti-yu, lekin bilmaydiki, oddiy mashina kranchi o‘sha kasblardan ko‘ra uch baravar ko‘p oylik olyapti.

Aytmoqchimanki, hamma hozirgi kunda yaxshi pul topayotgan sohalar bilan bir qatorda, boshqa-boshqa sohalarda o‘zlarini sinab ko‘rishlarini maslahat beraman. O‘sha sohalarni ham professional muhitga aylantirish mumkin», deya fikr bildirdi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Mavzuga oid