Şavkat Mirziyoyev huzurida temiryöl sohasida hal qilinişi lozim bölgan asosiy masalalar yuzasidan yiğiliş ötkazildi.

Qayd etilişiça, xalqaro maydondagi vaziyat hisobiga transport-logistika xarajatlari bir neça barobar oşib ketgan. Özbekiston kabi dunyo okeanlariga töğridan töğri çiqiş imkoni yöq mamlakatlar uçun eng qulay va arzon transport bu – temiryöl hisoblanadi. Lekin, hozir içki bozorda mahsulotning atigi 5 foizi, eksportda esa 45 foizi temiryöl orqali taşilmoqda. Ya’ni temiryöl kompaniyasi avtomobilda yuk taşiş bilan raqobat qila olmayapti.

Yiğilişda temiryöl sohasidagi islohotlar sur’ati iqtisodiyotning barça tarmoqlarida amalga oşirilayotgan yangilanişlardan ortda qolayotgani, bu sohada ham tub özgarişlarni amalga oşiriş vaqti kelgani ta’kidlandi.

Jumladan, bundan ikki oy avval sohaga yangi rahbar tayinlangan edi. Tizimda eskiça fikrlaydigan, taşabbus bildirmaydigan 30 ga yaqin rahbar yangilandi. Samarasiz ştatlar qisqartirildi.

Prezident topşiriğiga köra, 191 ta temiryöl stansiyasiga borilib, ulardagi haqiqiy ahvol tahlil qilindi, 500 dan ziyod tadbirkorlar bilan uçraşildi. Uşbu tadbirlar natijasida sohada hal qilinişi bölgan asosiy muammolar aniqlanib, ularning yeçimlari belgilab olindi.

Jumladan, ayrim temiryöl korxonalari rentabelligi past, vagonlar parkining bir qismi ta’mirtalab va yangilanişga muhtoj, sohada xususiy sektor iştiroki uçun zarur imkoniyatlar yaratilmagan, çipta sotişdagi korrupsiya, vagonlardagi şaroit va servisdan aholimiz norozi. Bularning barçasi sohani isloh qiliş zaruriyatini körsatmoqda.

Davlat rahbari ayrim temiryöl stansiyalarining daromadi öz xarajatlarini qoplamayotganiga e’tibor qaratdi.

Masalan, «Nazarbek» stansiyasi atrofida ham aksiyadorlik jamiyatiga qaraşli, ham xususiy logistika kompaniyalari joylaşgan. «Temiryöl»ga qaraşli «Yuksaroy» korxonasi yiliga 1 gektar maydondan 277 million söm daromad topgan bölsa, xususiy korxonalar 1 milliard sömdan ortiq daromad olayapti.

Şu munosabat bilan temiryöl stansiyalariga xususiy sektorni jalb qiliş va investitsiya kiritiş muhimligi körsatib ötildi.

Yiğilişda import vagonlarining katta qismi poytaxt va viloyat markazlariga kirib kelişi oqibatida stansiyalarda tirbandlik yuqori bölayotgani körsatib ötildi. Şu munosabat bilan