Oltiariq tumani to‘liq uzum yetishtirishga ixtisoslashtiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati faollari ishtirokidagi yig‘ilishda aholini ish bilan ta'minlash, daromadlarini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratdi.
«Har bir oila - tadbirkor» dasturi doirasida o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan oilalarni aniqlab, ikki-uch oy ichida ularga jami 486 milliard so‘m miqdoridagi imtiyozli kreditlarni to‘liq ajratish zarurligini ta'kidladi.
Farg‘ona – mohir hunarmandlar, usta dehqonlar yurti. Bu yerning ko‘nchilik, bog‘dorchilik an'analari – tayyor brend.
Bundan foydalanib, viloyatda charm va poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shimcha loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, «Charm-attorlik markazi»ni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Kelgusi ikki yilda Oltiariq tumanida 3 ming gektar maydonda uzumchilik, Quva tumanida 2 ming gektarda anorchilik, Quvasoy shahrida 2 ming gektar maydonda giloschilik klasterlari tashkil etilishi ma'lum qilindi. Ushbu klasterlar o‘zlari meva yetishtirish bilan birga aholidan ham sotib oladi. Buning uchun xonadonlarga 15 million dona uzum, 10 million dona gilos va 5 million dona anor ko‘chatlari yetkazib beriladi. Bu ham aholi daromadlarini, ham viloyat eksport salohiyatini oshiradi.
Yaqin yillarda Oltiariq tumanini to‘liq uzum yetishtirishga ixtisoslashtirish, ilmiy tadqiqot institutlari va Toshkent davlat agrar universiteti olimlarining tavsiyalari asosida bog‘ va tok qator oralarida bozorbop sabzavotlar yetishtirish rejalashtirilgani ta'kidlandi.
Mavzuga oid
16:56 / 22.12.2024
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan zapravka buzilmoqda - video
22:57 / 21.12.2024
Farg‘onadagi portlash, Jizzaxga yangi hokim va kadastrdan tadbirkorlarga “qora xat” - hafta dayjesti
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
16:56 / 20.12.2024